Загрузил Farhod Shazadayev

Zamonaviy matn muharrirlari reja

реклама
4-MA’RUZA. ZAMONAVIY MATN MUHARRIRLARI
REJA:
1. Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha.
2. MS Word 2010 dasturining Файл, Главная, Вставка menyulari haqida ma’lumot
3. MS Word 2010 dasturining Разметка страницы, Ссылки, Рассылки menyulari
haqida ma’lumot
4. MS Word 2010 dasturining Рецензирование, Вид, Надстройки menyulari haqida
ma’lumot
5. MS Word 2010 dasturida jadvallar bilan ishlash.
6. MS Word 2010 dasturida formulalar va grafik ob’yektlar bilan ishlash.
7. MS Word matn muharririda klaviatura yordamida ishlash.
Microsoft Word Windows muhitida ishlash uchun mo‘ljallangan Microsoft Office
tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo‘lib, uni matn muharriri deb atashadi. U har xil xatlar,
hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek, uning yordamida blanklar va
anketalar, maqolalar hamda risolalar tayyorlash mumkin. MS Wordda hujjatlarni yaratishda,
uning tarkibiga kiritilgan, ko‘plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi.
MS Word oddiy holatda ishlash bilan birga, ikkinchi tomondan chegaralanmaganlik
imkoniyatlariga ega. U boy shriftlarni, shu jumladan, milliy shriftlarni osongina ishlatish
imkoniyatini beradi. Hozircha ingliz va rus hamda xorijiy tillarida yozilgan jumlalarni orfografik
va semantik xatolarini avtomatik ravishda tuzata olishi, matnlarni istalgan ko’rinishda va
o’lchamda chiqarishi, matnlar bilan ishlashni tez amalga oshirishi, texnikaviy matnlardagi
formulalar bilan ishlashning osonligi va yana juda ko’p boshqa jihatlari bilan boshqa matn
tahrirlovchilaridan farq qiladi. Uning yana muhim bir xususiyati, agarda turli jadvallar,
diagrammalar va grafiklar matnda ishlatilishi talab qilinsa, boshqa amaliy dasturlardan
foydalanish (OLE texnologiyasi) imkoniyatini beradi. Xullas, Wordning imkoniyatlari kengayib
borib, hozirda u ajoyib chop qiluvchi tizim tarzida shakllandi, desak yanglishmaymiz.
Matn muharrirlarining, aynan Microsoft Wordning bir qancha versiyalari mavjud.
Masalan, MS Word 2003, MS Word 2007, MS Word 2010, MS Word 2013 va hokazo. Ushbu
versiyalari ichidan Microsoft Word 2010 matn muharriri bilan batafsil tanishib chiqamiz.
Microsoft Word 2010 dasturi quyidagi menyulardan tashkil topadi: Файл, Главная, Вставка,
Разметка страницы, Ссылки, Рассылки, Рецензирование, Вид, Надстройки.
Файл menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Сохранить - faylni saqlash
Сохранить как- faylni yangi nom bilan saqlash
Открыть – kerakli faylni ochish
Закрыть – joriy faylni yopish
Сведения – faylning xususiyatlarini aniqlash, faylga parol qo‘yish va boshqalar
Последние – oxirgi saqlangan fayllar ro‘yxati
Создать – MS Word 2010 da yangi shablonlar yoki Wordning yangi oynasini hosil qilish
Печать – Bosmaga chiqarish va sahifa parametrlarini o‘rnatish
Сохранить и отправить – faylni turli xil tipda saqlash va elektron pochta orqali
jo‘natish yoki web sayt ko‘rinishida saqlash
Справка – MS Word 2010 dasturi haqida ma’lumot olish
1
Параметры - MS Word 2010 dasturi parametrlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish
Выход - MS Word 2010 dasturidan chiqib ketish
Главная menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Вставить – xotiradagi ma’lumotni qo‘yish
Вырезать – belgilangan bo‘lakni qirqib olish
Копировать – belgilangan bo‘lakni xotirada nusxasini olish
Формат по образцу- hujjatning belgilangan qismini bir xil ko‘rinishga keltirish
Шрифт- shrift turi
Увеличить размер-shrift hajmini kattalashtirish
Уменьшить размер- shrift hajmini kichraytirish
Регистр- shiriftlarni bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish(kattalashtirish yoki kichraytirish)
Очистить формат- belgilangan bo‘lakni formatini o‘zgartirish
Полужирный- shriftni qalin ko‘rinishga o‘tkazish
Курсив - shriftni qiyshiq ko‘rinishga o‘tkazish
Подчеркнутый- shriftni osti chizilgan ko‘rinishga o‘tkazish
Зачеркнутый - shriftni ustidan chizish
Подстрочный знак – ma’lumotni qatorni pastki qismiga yozish
Надстрочный знак - ma’lumotni qatorni yuqori qismiga yozish
Параметры анимации – belgilangan matnni visual effect, ten va boshqa ko‘rinishlarda
tasvirlash
Цвет выделения текста-belgilangan matnni turli xil ranglarda buyash
Цвет текста- matn rangini o‘zgarirish
Маркеры- belgilangan matnni turli xil markerlarda ifodalash
Нумерация- belgilangan satrlarni avtomatik raqamlash
Многоуровневый список- ko‘p tartibli ro‘yxat hosil qilish
Уменьшить отступ- absatzni chap tomonga siljitish
Увеличить отступ- absatzni o‘ng tomonga siljitish
Сортировка – belgilangan matn yoki sonli ma’lumotlarni saralash
Отобразить все знаки- barcha xizmatchi belgilarni ko‘rsatish
Выровнять по левому краю- matnni chap tomonga bo‘yicha to‘g‘irlash
Выровнять по центру- matnni markaz bo‘yicha to‘g‘irlash
2
Выровнять по правому краю- matnni o‘ng tomonga bo‘yicha to‘g‘irlash
Выровнять по ширине- matnni o‘ng va chap tomonga bo‘yicha bir xilda, tekis to‘g‘irlash
Интервал- intervallar(oraliq) o‘rnatish
Заливка- Belgilangan bo‘lak yoki absatzni rangini o‘zgartirish
Границы – chiziq chegaralarini o‘rnatish
Стили- Yozuv ko‘rinishlari
Изменить стили – Yozuv ko‘rinishlarini o‘gartirish
Найти - qidirish
Заменить - almashtirish
Выделить - belgilash
Вставка menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Титульная страница - hujjatning birinchi sahifasini maxsus ko‘rinishda bezash
Пустая страница –bo‘sh sahifa hosil qilish
Разрыв страницы – sahifani bo‘lish
Таблица – MS Word dasturida jadvallar bilan ishlash
Рисунок –Fayldan rasm qo‘yish
Картина- klip, rasm, film, tovush va rasmlar orqali ma’lumotlarni joylashtirish
Фигуры – turli xildagi figuralar oraqali, masalan, to‘g‘ri chiziq, to‘rtburchak, asosiy
figuralar, blok-sxema, figurali-strelka va boshqa tayyor figuralar orqali chizmalarni tasvirlash
SmartArt - turli xildagi jadval va diagramma shablonlaridan foydalanib turli murakkab
ko‘rinshdagi loyihalarni chizma va jadvallarini hosil qilish
Диаграмма –turli xil ko‘rinishdagi diagrammalar hosil qilish
Снимок - ekrandagi belgilangan bo‘lakni rasmga olish
Гиперссылка – boshqa fayl yoki veb resurslarga o‘zaro bog‘lanish
Колонтитул – hujjatning har bir sahifasiga kolontitul qo‘yish, odatda,
hujjatning yuqori qismi yoki pastki qismiga qo‘yiladi.
kolontitul
Номер страница –hujjatga sahifa raqami qo‘yish. Hujjatni sahifalashda hujjatga raqam
odatda, yuqoridan chapdan, yuqoridan o‘rtadan, yuqoridan o‘ngdan hamda pastdan chapdan,
pastdan o‘rtadan va pastdan o‘ngdan qo‘yiladi.
Надпись – sitatalar yoki qiziqarli ma’lumotlar qo‘yish uchun qo‘llaniladi.
3
Экпресс блоки –takroriy qo‘llanilgan ma’lumotlarni qo‘shish, polyalarni qo‘shish,
hujjatlarni xususiyatlarini aniqlashtiradi.
WordArt –turli xildagi animatsion yozuvlarni hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Буквица – bosh harflarni kattalashtirish
Объект – turli xildagi obyektlar bilan ishlash
Формула – aniq fanlarda uchraydigan formulalarni yozish uchun ushbu qismga murojaat
qilinadi.
Символ – klaviaturada mavjud bo‘lmagan simvollar bilan ishlash
Разметка страницы menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Темы – mavzularni tanlash
Света - rangini tanlash
Шрифты - shrift turini tanlash
Эффекты – effektlar hosil qilish
Поля – sahifa o‘lchamlarini aniqlashtirish
Ориентация- kitobli yoki albomli holatiga o‘tkazish
Размер- qog‘oz formatini aniqlashtirish
Колонки – kolonkalarga ajratish
Разрывы- qismlarga bo‘lish
Подложка - ma’lumotlarni ostiga biri bir so‘z kiritish
Цвет страницы – sahifani rangini o‘zgartirish
Границы страницы –sahifaga rang-barang chegaralar o‘rnatish
Отступ –chapdan yoki o‘ngdan joy qoldirish
Интервал –ikki satr orasidagi o‘lcham
Положение- rasm yoki tasvirning ko‘rinishlari
Обтекание текстом – rasmni tekstga nisbatan joylashuvi
Выровнять – tekislash
Группировать - belgilanganlarni guruhlash
Повернуть - ma’lum burchakka burish
4
Ссылки menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Оглавление - mundarija hosil qilish
Добавить текст - mundarija uchun matnni belgilab olish(daraja bo‘yicha)
Обновить таблицу – mundarijani yangilash
Вставить сноску – snoska qo‘yish
Следующая сноску – keyingi snoskani qo‘yish
Вставить ссылку – biror adabiyotni yo‘naltirish
Управление источниками – adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rish
Список литературы- adabiyotlar ro‘yxatini qo‘shish
Вставить название – rasm yoki boshqa ob’yektlarni nomlash
Список иллюстраций – hujjatdagi rasm, jadval va obyektlarni joylashtirish
Перекрестная ссылка- Ko‘rsatkichni sarlavha yoki boshqa ob`yekt bilan bog'
Пометить элемент –Belgilangan matnni predmet ko‘rsatkichi bo‘yicha bog‘lash
Предметный указатель- hujjatga predmet ko‘rsatkichini qo‘yish
Пометить ссылку- belgilangan matnni jadval elementlari kabi bog‘lash
Таблица ссылок- hujjatga jadval bog‘lanishlarini tasvirlash
Рассылки menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Конверты – konvertlarni yaratish va bosmaga chiqarish
Наклейки – nakleykalar hosil qilish va bosmaga chiqarish
Начать слияние – elektron pochta orqali bir qancha foydalanuvchilarga bir nechta nusxada
jo‘natish
Выбрать получателей - xat yozmoqchi bo‘lganlarimizni ro‘yxatdan tanlash
Выделить поля слияния –hujjatda maydonning bo‘linishi
Блок адреса – xatga manzilni qo‘shish
Строка приветствия – hujjatda satrida salomlashish yoki boshqa so‘z birikmalarini qo‘shish
Вставить поле слияния - hujjatda oluvchining ma’lumotlarini qo‘shish
Просмотреть результаты – ma’lumotni qabul qiluvchilar ro‘yxatidan taxminiy ko‘rish
Найти получателя –oluvchining ro‘yxatidan qidirish va ko‘rish
Найти и объединить – har xat nusxasi uchun alohida hujjat yaratish
5
Рецензирование menyusi quyidagularni o‘z ichiga oladi:
Правописание – hujjatdagi matnning orgografik va grammatik xatoliklarini tekshirish
Справочники – ma’lumotlar olish
Тезаурус – belgilangan so‘zning sinonimini topish
Статистика – sahifa, so‘z, belgi, absatz, qatorning statistic o`lchovlarini(sonini) aniqlash
Переводов – ma’lumotlarni boshqa tilga tarjima qilish
Язык – til parametrlarini tanlash
Создать примечание – belgilangan bo‘lakni eslatmalarini qo‘shish
Рукописное замечание – qo‘lyozma holidagi eslatmalarni qo‘shish
Исправления - Tuzatishlar kiritish
Принять – hozirgi va keying o‘zgarishlarni qabul qilish
Отклонить - bajarilgan o‘zgarishlarni bekor qilish
Сравнить – hujjatning bir qancha versiyalarini taqqoslash
Ограничить редактирование – Tahrirlashni chegaralash
Начать рукописный ввод – Qo`lyozma holda kiritishdan foydaanish
Вид menyusi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Разметка страницы – hujjatning sahifali ko‘rinishi
Режим чтения – hujjatning kitob holidagi ko‘rinishi
Веб документ – veb sahifa shaklidagi hujjatning ko‘rinishi
Структура – struktura shaklidagi hujjatning ko‘rinishi
Черновик – qoralama shakldagi hujjatning ko‘rinishi
Линейка – chizg`ichlarni o‘rnatish
Сетка – ekranda setkalarni hosil qilish
Область навигации – navigatsiyani hosil qilish
Масштаб – ekran masshtabini o‘rnatish
Одна страница – ekranda bitta sahifani o‘rnatish
Две страницы - ekranda ikkitta sahifani o‘rnatish
6
По ширине страницы –sahifani kengligi bo‘yicha o‘rnatish
Новое окно – yangi oyna hosil qilish
Упорядочить все - barcha ochilgan oynalarni ekranda joylashuvi
Разделить – ushbu oynanani ikkita oynaga ajratish
Перейти в другое окно –boshqa oynaga o‘tish
Макрос – turli xildagi makroslar yozish va qo‘llash
Надстройки menyusi MS Word 2010 dasturida o‘rnatilgan makroslar va boshqa dasturlar bilan
ishlash uchun mo‘ljallangan.
Microsoft Word 2010 dasturida jadvallar bilan ishlash.
MS Word 2010 dasturida jadval hosil qilish uchun Вставка menyusiga o‘tib Таблица bo‘limiga
murojaat qilamiz. Natijada quyidagi rasm hosil bo‘ladi(1-rasm).
1-rasm. Jadval yaratish
2-rasm. Standart jadval hosil qilish
1-rasmdan Вставить таблицу tugmasini bosganimizda 2-rasm hosil bo‘lad. Unda
standart jadval hosil qilish jarayoni tasvirlangan bo‘lib, asosan satrlar soni va ustunlar soni
kiritiladi ham OK tugmasi bosiladi. Natijada kiritilgan so‘rov asosida o‘zimiz hohlaganday
jadval hosil qilamiz. Jadval ustunlarini yoki satrlarini ko‘paytirishimiz yoki o‘chirib tashlashimiz
mumkin. Shuningdek, jadval yacheykalarini birlashtirish(bir nechta yacheykani) yoki bir nechta
yacheykaga ajratish mumkin. Jadval hosil qilib ishlash jarayonida MS Word 2010 dasturi
menyusida jadvallar bilan ishlash uchun Конструктор va Макет menyulari paydo bo‘ladi(3rasm).
3-rasm. Конструктор va Макет menyulari umumiy ko‘rinishi.
7
Jadval hosil qilishda Нарисовать таблицу tugmasini bosish orqali jadval chizish
mumkin. Shu bilan birga hosil bo‘lgan jadvalni o‘zgartirish yoki o‘chirish imkoniyatlari mavjud.
Jadvallarni hosil qilishda MS Excel dasturi oynasidan foydalanib ham hosil qilish mumkin.
Albatta, bu jadval hisob-kitob va boshqalar uchun ancha qulaylik tug‘diradi. Jadval hosil
qilishning yana bir usuli Экспресс-таблицы yordamida jadval hosil qilish hisoblanib, bu
usulda jadvallar dizayn jihatida anchagina mukammal ishlanadi.
MS Word 2010 dasturida rasmlar chizish yoki o‘rnatish.
MS Word 2010 dasturida rasm va tasvirlar ustida amallar bajarish mumkin. Buning
uchun Вставка menyusining Рисунок, Картинка, Фигуры, SmartArt, Диаграмма tugmalariga
murojaat qilishimiz kerak(4-rasm).
4-rasm. Rasm va tasvirlar bilan ishlash tugmalari
Рисунок tugmasi yordamida kompyuterda mavjud tayyor rasmli yoki tasvirli fayllarni
MS Word dasturiga qo‘yishimiz mumkin. Картинка tugmasi yordamida MS Office dasturida
mavjud kolleksiya va tasvirlarni MS Word dasturiga joylashtirishimiz mumkin. Фигуры tugmasi
yordamida turli xildagi geometrik figuralarni tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu yerda
to‘g‘ri chiziqlar, asosiy figuralar, yo‘nalishli figuralar, blok-sxemalar, yulduzcha va lentalar
hamda boshqa chizmalarni chizish imkoniyatiga ega bo‘lamiz(5-rasm). SmartArt tugmasini
bosganimizda turli xildagi diagrammalar kolleksiyasi paydo bo‘ladi(6-rasm). Ushbu
diagrammalardan foydalanuvchi maqbulini tanlab yuqori sifatga ega diagrammalar hosil qilishi
mumkin. Диаграмма tugmasi yordamida MS Excel dasturidan berilgan ma’lumotlar asosida
diagrammalar hosil qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu esa MS Office dasturlarining bir-biri
bilan bog‘liqligini ta’minlaydi.
8
5-rasm. Figuralar yordamida rasm chizish.
6-rasm. Jadvallar diagrammasi
MS Word 2010 dasturida matematik formulalar bilan ishlash.
MS Word 2010 interfeysida turli –tuman klaviaturada mavjud bo‘lmagan simvollar va
matematik formulalarni kiritishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun Вставка menyusining Символ
yoki Формула tugmalariga murojaat qilamiz. Символ tugmasi bosilgach simvollar oynasi hosil
bo‘ladi(7-rasm). Kerakli simvollarni tanlab “Вставить” tugmasini bosamiz yoki klaviatura bilan
bog‘lab qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
7-rasm. Simvol oynasining umumiy ko‘rinishi
Formulalar kiritish uchun Formulalar oynasi chiqarib olinadi(8-rasm). U yerdan tegishli
bandlarini tanlab kerakli formulalarni kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi.
8-rasm. Matematik formulalar bilan ishlovchi Equation oynasi.
MS Word matn muharririda klaviatura yordamida ishlash.
Kompyuterda ishlash jarayonida turli xil vaziyatlar bo‘lishi mumkin. Shulardan eng ko‘p
uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ushbu qurilma
orqali asosiy amallarni bajarishadi va shu sabali shunaqa vaziyatlarda ish to‘xtab yoki sekinlab
qoladi. Shunaqa vaziyatni yechish uchun biz tezkor tugmalarga murojaat qilamiz. Tezkor
tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tezkor bajara olamiz. Shuning
uchun ushbu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab deb qo‘yiladi. Quyida asosiy tezkor
tugmalar ko‘rsatilgan:
1. Ctrl + N - Yangi hujjatni yaratish
2. Ctrl + O yoki Ctrl + F12 yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud bo‘lgan (ilgari yaratilgan) hujjatni
ko‘rish yoki o‘zgartirish uchun ochish
3. Ctrl + W - Ekranda ochiq bo‘lgan hujjatni berkitish
4. Ctrl + S yoki Shift+F12 yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq bo‘lgan hujjatni saqlash
5. Ctrl + P yoki Ctrl+Shift+F12 - Ekranda ochiq bo‘lgan hujjatni bosmaga chiqarish
6. Ctrl + Z yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish (orqaga qaytish)
7. Ctrl + Y yoki F4 yoki Alt + Enter - Bekor qilingan harakatni qaytarish (oldinga qaytarish)
8. Ctrl + X yoki Shift +Delete-Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga ko‘chirib (qirqib)
olish.
9. Ctrl + C yoki Ctrl + Insert yoki Ctrl + Num0 - Tanlab olingan matn qismi nusxasini
9
xotiraga olish
10. Ctrl + V yoki Shift + Insert yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib
kursor turgan joyiga qo‘uyish
11. Ctrl + A yoki Ctrl + Num5 - Butun matnni tanlash
12. Ctrl + F - Butun matnda biror bir so‘z yoki jumlani izlash
13. Ctrl + H - Butun matnda biror bir so‘z yoki jumlani topib uning o‘rniga boshqa so‘z yoki
jumla bilan almashtirish
14. Delete - Tanlab olingan matn qismi yoki kursordan o‘ng tomonda joylashgan belgilarni
uchirish
15. F7 - Butun matnning imlo xatolarini tekshirish
16. Shift + F7 - Tanlangan so‘zning sinonimlarini topish
17. F12 - Ekranda ochiq bo‘lgan faylni qayta nomlash
18. Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan hujjatni sahifaga joylashishini oldindan ko‘rish.
19. Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzatsni) markaz bo‘yicha tekislash
20. Ctrl + L - Matnnni (kursor turgan abzatsni) chap chegara bo‘yicha tekislash
21. Ctrl + R - Matnnni (kursor turgan abzatsni) ung chegara bo‘yicha tekislash
22. Ctrl + J - Matnni (kursor turgan abzatsni) ikkala chegara bo‘yicha tekislash
23. Shift + F3 - Harflar ko‘rinishini o‘zgartirish(registr)
24. Ctrl + B yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish
25. Ctrl + I yoki Ctrl + Shift + I- Kursiv (yotiq) harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish
26. Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish
27. Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish
28. Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) o‘zgartirish
29. Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini o‘zgartirish
30. Ctrl + D - "Формат шрифта" ga tegishli menyu bo‘limini ochish
31. Ctrl + Shift + S - Matn stilini o‘zgartirish
32. Ctrl + = - Pastki harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish
33. Ctrl + + - Ustki harflar holatiga o‘tish yoki undan chiqib ketish
34. Ctrl + F6 yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv hujjat oynasiga o‘tish
35. Ctrl + Shift + F6 – Barcha aktiv hujjat oynalarini ko‘rish
36. Shift + стрелка - Guruhga olish (belgilarga tegishli)
37. Ctrl + Shift + стрелка - Guruhga olish (so‘zlarga tegishli)
38. Shift + Home ёки End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish
39. Ctrl + Shift + Home ёки End – Hujjat boshigacha yoki oxirigacha guruhga olish
Takrorlash uchun savollar
1. Matn muharrirlari deganda nimani tushunasiz?
2. MS Word 2010 dasturi qanday menyulardan tashkil topgan?
3. MS Word 2010 dasturining Файл menyisi haqida ma’lumot bering.
4. MS Word 2010 dasturining Главная menyisi haqida ma’lumot bering.
5. MS Word 2010 dasturining Вставка menyisi haqida ma’lumot bering.
6. MS Word 2010 dasturining Разметка страницы menyisi haqida ma’lumot bering.
7. MS Word 2010 dasturining Вид menyisi haqida ma’lumot bering.
8. MS Word 2010 dasturida jadval hosil qilish jarayonini tushuntirib bering.
9. MS Word 2010 dasturida rasm va tasvirlar bilan ishlash haqida tushuncha bering.
10. MS Word 2010 dasturida simollarni tasvirlash qanday amalga oshiriladi?
11. MS Word 2010 dasturida matematik formulalarni yozish qanday amalga oshiriladi?
12. MS Wordda klaviatura orqali ma’lumotlarni tezkor tugmalar yordamida qanday kiritiladi?
10
Скачать