Загрузил Xujamov.bobur

1-ma'ruza YST.pptx Biznesga kirish

реклама
“Biznes kirish” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari.
Shaxsiy hayotingizda tadbirkorlik
qilganmisiz?
Dunyoning eng boy odami 2022 yil bo‘yicha
1. Louis Vuitton Moët Hennessy raisi va bosh direktori
Bernar Arnoning jami boyligi 210,6 milliard dollardan oshdi.
Bernar Arno fransuz hashamatli mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi LVMH (Louis Vuitton Moët Hennessy – Louis
Vuitton) kompaniyasining egasi hisoblanadi. Kompaniya Louis
Vuitton, Givenchy, Guerlain, Kenzo, Moët & Chandon, Hennessy
va boshqalar savdo belgilari ostida hashamatli mahsulotlar ishlab
chiqaradi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Parijda joylashgan.
2. SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Maskning umumiy
boyligi 183,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti
hajmi 2022 yilda 90,8 milliard dollar
Manbaa: https://www.forbes.com/real-time-billionaires/#214010ee3d78
Nega ayrim jamiyatlar boy, ayrimlari kambag‘al?
Mamlakat farovonligini inklyuziv va ekstraktiv institutlar belgilab beradi
Iqtisodiy taraqqiyotni belgilab beruvchi eng asosiy jihat bu – mamlakatdagi mavjud
institutlar (ular iqtisodiyot qoidalarini belgilab berishadi) va fuqarolarda mavjud iqtisodiy
faollikka rag‘batdir.
Iqtisodiy institutlar ikki tipga ajratiladi: ekstraktiv (inglizcha – qisish) va inklyuziv
(inglizcha – qamrab oluvchi).
Janubiy Koreya rahbariyati aholining katta qatlamini qamrab oluvchi va ularni
iqtisodiy jihatdan faollashtiruvchi inklyuziv institutlar ta’sis etishga harakat qilgani uchun
ham bugungi darajasiga erishdi.
Inklyuziv institutlar – xususiy mulk daxlsizligi, odil sudlov tizimining mustaqilligi,
fuqarolarning iqtisodiy faolligi uchun to‘siqlarning yo‘qligi, kasb tanlashdagi mustaqillik,
bozorning yangi kompaniyalar va raqobat uchun ochiqligi bilan izohlanadi.
Ekstraktiv institutlar esa iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga emas, aksincha elit
qatlam hisoblangan ozchilikning daromadini oshirish va bu yo‘lda ko‘pchilikni ekspluatasiya
qilishni nazarda tutadi.
«Tadbirkorlik» tushunchasini birinchi
bo‘lib
XVII asr oxiri va XVIII asr
boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard
Kantilon qo‘llagan edi. Uning fikricha,
tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat
ko‘rsatuvchi kishidir. Shu boisdan u yer va
mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni
belgilab beruvchi boylik manbai deb
bilgan.
Keyinchalik, XVIII asrning
oxiri va XIX asrning boshida
mashhur fransuz iqtisodchisi
J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy
iqtisod risolasi» kitobida
(1803y.) tadbirkorlik
faoliyatini ishlab chiqarishning
uch mumtoz omillari – yer,
kapital, mehnatning yaxlitligi
deb ta’riflagan edi.
Amerikalik iqtisodchi J.B.Klark (18471938) J.B.Seyning «uchlik
formulasiga» bir oz o‘zgartirish kiritdi.
Uning fikricha, ishlab chiqarishda doim
to‘rt omil ishtirok etadi:
1) kapital;
2) ishlab chiqarish vositalari va yer;
3) tadbirkorlik faoliyati;
4) ishchining mehnati.
Tadbirkor ega bo‘lishi lozim bo‘lgan tavsifli
sifatlar
• Yuqori saviyadagi mehnatkashlik;
• O‘z kuchiga bo‘lgan ishonch;
• O‘z ishini yaxshi bilish;
• Boshqalar fikrini eshita bilish va o‘rganishga bo‘lgan intilish;
• Tashabbuskorlik;
• Muvaffaqiyatsizlikka bardosh bera olish va kurashib yengish;
• Mavhum holatlarda harakat qila olish;
• Halollik va ishonchga ega bo‘lish;
• Tavakkal qila olish;
• O‘zining kelajagini o‘z qo‘llari bilan qurish;
• O‘z maqsadlariga erishish yo‘lida intilish;
• Foyda olishga bo‘lgan intilish;
• O‘z xarakterining kuchli tomonlariga suyanish.
Biznes - foyda olishga
qaratilgan tabdirkorlik
faoliyati hisoblanadi.
Biznes jarayon tushunchasi
•Biznes jarayon – bu kompaniyaning ishlab chiqarish va
iqtisodiy faoliyatining maʼlum bir turi bilan bogʻliq
boʻlgan va yangi qiymat yaratishga, masalan, mahsulot
ishlab chiqarishga qaratilgan ishlar ketma-ketligi;
•Biznes jarayon – bu isteʼmolchi uchun qadrli boʻlgan
natijani yaratishga qaratilgan funksiyalarni bajarishning
barqaror, maqsadli ketma-ketligi;
•Biznes jarayon – yetkazib beruvchining resurslarini
isteʼmol qiladigan, qiymat yaratadigan va isteʼmolchiga
natija beradigan mantiqiy, izchil, oʻzaro bogʻliq boʻlgan
faoliyat majmuasi;
•Biznes jarayon – bu maʼlum biznes vazifasini birgalikda
amalga oshiradigan bir nechta oʻzaro bogʻliq
protseduralar yoki funksiyalar toʻplami;
Tadbirkorlik
muhiti
asosan quyidagi to‘rtta omil:
huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va
iqtisodiy omillarning o‘zaro
bog‘liqligi natijasida amalga
oshiriladi.
TADBIRKORLARNING HUQUQLARI VA ULARNING KAFOLATLANISHI
Qonunchilikda ta’qiqlanmagan istalgan faoliyatni
amalga oshirish erkinligi
O‘z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) va olgan
daromadlari (foydasi)ni erkin tasarruf etish
O‘z pul mablag‘larini erkin tasarruf etish
Mulkchilik huquqi va boshqa mulkiy huquqlar
Xom-ashyo, tovarlar va xizmatlar bozoridan
foydalanish erkinligi
TADBIRKORLARNING HUQUQLARI VA ULARNING KAFOLATLANISHI
Kredit resurslaridan foydalanish huquqi
Axborotlardan foydalanish huquqi
Yer uchastkalaridan foydalanish huquqi
Tadbirkorlik faoliyatiga aralashishdan
himoyalanish huquqi
Ishbilarmonlik obro‘sini himoya qilish
Sug‘urta xizmati
ko‘rsatish
Moliyaviy qo‘llabquvvatlash
Proteksionizm siyosati
Siyosiy
omillar
Xizmat ko‘rsatuvchi
infratuzilmalarni rivojlantirish
Soliq va yig‘imlar
bo‘yicha imtiyozlar berish
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o‘zining tarkibi jihatidan
anchagina murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi
ko‘pgina elementlardan tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e’tiborga
olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar
bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:
jamiyatda mafkuraning holati;
milliy urf-odatlar;
millatning madaniy va maishiy odatlari;
atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan
munosabati;
davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan munosabati;
modalar, zamonaviy liboslar
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish uchun
zarur moliyaviy mablag‘larni jalb qilish yo‘llari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar
Bunda Sizning biznesingizga
tashqaridan jismoniy yoki
yuridik shaxs tomonidan
mablag‘ kiritiladi va xamkor
sifatida boshqaruvda
qatnashishi va faoliyatini
amalga oshirish natijasida
olingan foydaning bir qismini
olish imkoniga ega bo‘ladi
Kredit va lizing
Siz vaqtincha olgan
pulingizni qaytarishingiz
hamda kreditor yoki lizing
tashkilotiga qarz berganligi
uchun ma’lum muddatga
foiz shaklida to‘lov
to‘lashingiz kerak bo‘ladi
(masalan, yiliga 12%);
Grantlar
Mablag‘lar Sizga donorshaxs (taqdim etuvchi)
tomonidan qandaydir
muayyan vazifani
amalga oshirish uchun
qaytarib bermaslik
asosida beriladi
SAVOL: Qanday qilib pul sarflamasdan ortiqcha zaxmatsiz,
qiziqarli, hayotiy, daromadbop g‘oyani topish mumkin?
Aytingchi, paxta xom-ashyosini yetishtirishda, qayta ishlashda,
yigirishda, to‘qishda yoki kiyim-kechak ishlab chiqarishda eng ko‘p
foyda keltiradigan faoliyat turi qaysi yoki mahsulot turi?
O‘zga g‘oyani takomillashtirish
ESKI DAVR G‘OYALARINI QAYTA TIKLASH
Hozirgi zamonda turli predmetlarni
qorishtirishimizga to‘g‘ri keladi.
telefon + kompyuter = iPhone
chang‘i + motosikl = skuter
Скачать