Toshkent Moliya instituti MMT-84I guruh talabasi Quvondiqov Sunnatjon hemis Mavzu:Qo‘shilgan qiymat solig‘i Reja: 1. Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi. 2. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari. 3. Soliq imtiyozlari. 4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari. Qo‘shilgan qiymat solig’i haqida tushuncha. Soliqning iqtisodiy mohiyati va uning joriy qilinishi Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida bilvosita soliqlarning asosiy turlaridan biri - qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i - har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot ishlab chiqaradi, ishlar bajaradi yoki xizmatlar ko‘rsatadi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat byudjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya byudjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta fransuz moliyachisi Morris Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i 1968 yildan boshlab joriy etildi. XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi. O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan soliq o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi 23,1 35,1 23,1 25,2 28,1 35,4 30,4 30,8 33 30,2 2004-yil 2006-yil 2008-yil 2010-yil 2012-yil 2014 yil 2016 yil 2018 yil 2019 yil 2020 yil Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi Soliq kodeksining 237-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan: 1 2 3 • O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; • tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard so’mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; • O’zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O’zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa; Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi Soliq kodeksining 237moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan: 4 5 6 • faoliyatni O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari; • oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha -oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi; • O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq majburiyatlari Soliq kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi. Quyidagilar soliq to’lovchilar deb hisoblanmaydi, bundan yuqorida keltirilgan 6-bandda nazarda tutilgan hollar mustasno: - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari – o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida; - aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchi shaxslar. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari Soliq to’lovchilar O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlarida qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi sifatida maxsus ro’yxatdan o’tkazish hisobida turadi. Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi: 1 • yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o’z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish; 2 • yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o’tkazish; 3 • ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining o’zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi; 4 • milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno). Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari Soliq kodeksining 240-moddasiga binoan, quyidagi shartlardan hech bo’lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi: tovar O’zbekiston Respublikasi hududida turgan bo’lsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan bo’lsa; tovar jo’natish yoki transportda tashish boshlangan paytda O’zbekiston Respublikasi hududida turgan bo’lsa. SOLIQ IMTIYOZLARI Qo‘shilgan qiymat solig‘idan boshqa soliq turlariga nisbatan ko‘proq imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular Soliq kodeksida to‘rt guruhga bo‘lib berilgan. Bular: 1) Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma (243modda); 2) Soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar (244modda); 3) Soliq solishdan ozod qilinadigan sug’urta xizmatlari (245modda); 4) Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (246modda). Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tartiblarining o‘ziga xos xususiyatlari Soliq qonunchiligiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblanishi soliq to‘lovchilarning olib borayotgan xo‘jalik operatsiyalariga bog‘liq ravishda soliqqa tortiladigan bazani aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘i joriy etilgandan buyon soliqni hisoblashning ikki turdagi usuli amal qilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlarni jo‘natish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hisobga olish usuli yoki hisobvaraq-faktura usuli hamda ulgurji va chakana savdo, vositachilik xizmati ko‘rsatish sohalarida hisobdan chiqarish usuli qo‘llanilgan. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan baza narxlar farqi sifatida, ustama va mukofot haqi summasi sifatida aniqlanib shu summadan soliq hisoblangan. Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi Soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo’lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo’lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko’paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o’zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko’ra hisoblab chiqariladi. Soliq kodeksining 273-moddasiga binoan, soliq to’lovchilar, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq hisobotini o’zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o’tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart. Soliq kodeksining 272moddasiga muvofiq, hisoblab chiqarilgan soliqni to’lash agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq hisobida turilgan joy bo’yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko’ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog’ida soliq bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda byudjetga to’lanadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT