Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari: Telekommunikatsiyalar yo’nalishi TT-11-23 S 1-kurs talabasi KENJAYEV SANJAR QAXRAMON OG’LI Fan: DINSHUNOSLIK 5-MUSTAQIL ISH • Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablar ko’p asrlik hukmronligining o’rnatilishi bilan bog’liq. O’rta Osiyoga arab yurishlari qariyb 643-644 yil atroflarida boshlangan bo’lsa ham, o’lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so’ng faqat arab qo’mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo’lishi oqibatida O’rta Osiyo ikki qismga bo’lindi: 1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig’i») va 2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo’ysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi. Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o’z ta’sirini o’tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo’zg’oloni davrigacha O’rta Osiyo islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o’z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig’ish vazifalarini bajardilar. Umaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o’lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o’lpon mahalliy aholidan yig’ilgan jizya (boshqa din vakillaridan yig’iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi. Bu esa keyinchalik islom dinini qabul qilgan aholidan oddiy soliq yoki jizya yig’ish masalasida chigallikning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Ikkinchi omil Umaviylar davrida (661-750) arablarning mahalliy aholi tarafidan islom dinini qabul qilishga monelik qilishlari bilan bog’liqdir. Chunki arablar ilk davrda talay imtiyozlarga ega edilar. Bu davr qoidalariga ko’ra, islom dinini qabul qilgan kishi «arab»ga aylanar, ya’ni jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo’lardilar. • Islom tamadduning shakllanishi va ravnaq topishiga bizning ajdodlarimiz ham munosib hissa qo’shdilar. Bu moddiy madaniyatning dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarning ba'zi sohalarga, geodeziya, yer o’zlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya, sug’orish inshootlari qurish, shaharsozlik bilan bog’liq ayrim yutuqlarga tegishli. Ipakchilik, paxtachilik, to’qimachilik, polizchilik, bog’dorchilik, qishloq xo’jaligi va chorvachilik maxsulotlarini qayta ishlash bo’yicha ajdodlarimiz to’plagan tajriba, shuningdek parvarish qilinadigan o’simliklarning ba'zi turlari arab mamlakatlariga tarqaldi. Davlat boshqaruv va harbiy san'atni rivojlantirishga ham ajdodlarimiz qo’shgan hissa benihoya katta. X asr oxiridan boshlab XVII asrgacha islom mamlakatlarining aksariyati (aholisi turkiy bo’lmaganlari ham), ayrimlarini esa XIX-XX asrgacha turkiy sulolalar boshqargan, Mahmud Gaznaviy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk sarkardalar bobokalonlarimiz orasidan chiqqani buning dalilidir. Somoniylar, Gaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlarning davlat tizimi, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”si, Temurning «Tuzuklar»i, Temur va temuriylar davrida yer, mulk munosabatlari, suvdan foydalanish tartibi, bojxona va soliq tizimi, savdo yo’llarining, bozorlarning davlat himoyasida bo’lishi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi davlat vazifalarini kengayishiga va takomillashuviga xizmat qildi. Islom ilmi birdaniga yetuk holda shakllanib qolmagan. Muhammad payg’ambar (s.a.v) vafotidan keyin bir oz muddat o’tkach, islomning asosi bo’lmish Qur'oni Karimni kitob holatiga keltirib, unga tartib berish, so’ngra Qur'onga, payg’ambar ko’rsatmalariga muayyan misollar bo’yicha bildirilgan fikrlar, mulohazalari, amaliy qarorlariga tayanib, islomiy dunyoqarashni hamda islom ibodati, axloq huquq me'yorlarini, ya'ni shariatni va fiqhni yaratish zarurati tug’ildi. Iqtisodiy oqibatlar. Xalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdi. Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga bo‘shatib beriladi. Islomga da’vat etish. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun Islom dinini da’vat etishga, aholi o‘rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Aholini islomlashtirish yo‘llari. Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilgan. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o‘rniga jome masjidlari bino qilinadi. Islomni qabul qilmaganlardan esa jon solig‘i – jizya undirilib olingan. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan kishilarning bo‘yinlariga “qarzdor” deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilardi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida Islom dinini qabul qilgan. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan mahrum etilgan yoki tovon to‘lagan. Bunday tadbir va choralar Movarounnahr aholisi o‘rtasida Islom dinining tez tarqalishiga yordam bergan. Mahalliy sug‘d yozuvida bitilgan diniy va ma’rifiy kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlarni hamda sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo‘q qilib tashlaydilar.