Загрузил Marat Qo'chqorov

Relyatsion MBBT-ni qayd etish va tiklash

реклама
Relyatsion MBBT ni qayd etish va tiklash
REJA:
1.Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar banki haqida tushuncha.
2.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) va uning turlari.
3.Ma’lumotlar bazasini yaratish modellari.
4.Oracle MBBT ishlash texnologiyasi.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng
foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda
foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u
faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda
ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni
qiyinlashtirar edi.
Har qanday tizimining maqsadi aniq muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan
iborat. Keng ma’noda ko’p olimlar ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi
aniq muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir deb biladi. Predmet sohasi
deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan aniq muhitning
ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, tashkilot, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy
o‘quv yurti va boshqalar.
Ma'lumotlar bazasi –bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo’lib u
ko’rilayotgan ob'yektlarni xususiyatini, holatini va ob'yektlar ortasidagi munosabatni ma'lum
sohada tavsiflaydi.
Ma’lumotlar bazasini (MB) yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olish zarur:


Ma'lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’lik bo’lmasligi lozim,
ya'ni MBga yangi ma'lumotlarni kiritganda yoki ma'lumotlar turini o’zgartirganda,
dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
MB dagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin.
Bugungi kunda ma'lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon
komp’yuterlaridir.
Komp’yuterlarda saqlanadigan MB–bu maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl
demakdir. Komp’yuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan
iborat bo’ladi. Yozuv – o’zaro boglangan ma'lumotlarning bir qismidir.
MBdan samarali foydalanish uchun ma’lumotlar bankini tashkil qilish lozim.
Ma'lumotlar banki – bu o’zaro bog’langan ma’lumotlar bazasi bo’lib, dasturiy va texnik
ta’minot yordamida ma’lumotlarni saqlash, to'plash, yangilash, qidirish va uzatish imkonini
beradigan avtomatlashtirilgan tizimdir.
Ma'lumotlar bankining asosiy elementlari - bu ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasi
boshqaruv tizimi deb nomlangan dasturiy mahsulot hisoblanadi.
Ma'lumotlar banki
Ma'lumotlar bazasi
Ma'lumotlar bazasi boshqarush tizimi
Ma'lumotlar bazasini tashkil kilishda quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
Oddiyligi: Foydalanuvchilar o`z ixtiyorida qanday ma'lumotlar borligini oson tanib va
tushunishi lozim.
Unumdorligi: Qaysi ma'lumotlardan foydalanish talab qilinsa, shu ma'lumotlarga qo’yiladigan
talablar shunday tezliklar bilan ta'minlanish lozim.
Tayyorligi: Foydalanuvchi har doim tez ma'lumot oladi, qachonki bu unga zarur bo’lsa.
2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) va uning turlari.
Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma'lumotlarni kiritish va mavjud MBdan
foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo’ladi. Bunday dasturlar
majmuini ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deb yuritiladi. Aniqrok qilib aytganda,
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan
MBni yaratish, unga qo’shimcha ma'lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur
bo’lgan dasturlar majmuidir.
MBBTning tarkibidagi asosiy komponenti – bu ma'lumotlar bo’lsa, boshqa komponenti –
foydalanuvchilar, Hardware–texnik va Software –dasturiy ta'minoti hisoblanadi.
Hardware tashqi xotiralardan (qattiq disk, yumsoq disk va h. k.) iborat bo’lsa, dastur qismi esa
MBBT bilan foydalanuvchi o’rtasidagi mulokotni tashkil qilishni amalga oshiradi.
MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob'yektning ma'lumotlarini ko’rinishiga, ma'nosiga, turiga,
tuzilishi va xajmiga bog’lik bo’ladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) quyidagicha tavsiflanadi:





Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirchavoblik bilan muloqotga kirishish.
Minimal takrorlanishlik-MBdagi ma'lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks
holda ma'lumotlarni izlash qiyinlashadi.
Yaxlitlik, axborotni MBda saqlash iloji boricha ma'lumotlar orasidagi bog’liklikni
asragan holda bo’lgani, ayni muddao.
Xavfsizlik MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya kilingan bo’lishi lozim.
Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma'lumotlarga kira olish va foydalanish
huquqiga egalik qilishi lozim.
Migratsiya–ba'zi bir ma'lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez-tez ishlatilib turiladi.
Shuning uchun ma'lumotlarni tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil
qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma'lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
5-Mavzu. Axborot komplekslarida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va boshqarish (4
soat)
REJA:
1.Ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar banki haqida tushuncha.
2.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) va uning turlari.
3.Ma’lumotlar bazasini yaratish modellari.
4.Oracle MBBT ishlash texnologiyasi.
Tayyorladi: «Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot» kafedrasi katta o’qituvchisi
U.M. Asrayev
3. Ma’lumotlar bazasini yaratish modellari.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi hususiyatlari buyicha
tavsiflanadi:



Ma'lumotlar tuzilmalarining turi.
Ma'lumotlar ustida bajariladigan amallar.
Butunlikning cheklanganligi.
Bu hususiyatlarni e'tiborga olgan holda ma'lumotlar bazasini yaratish modellari quyidagi
turlarga bo’linadi:



Daraxtsimon (iyerarxik) yoki pog’onali modellar.
Tarmoqli (turli) modellar.
Relyatsion modellar.
Daraxtsimon (iyerarxik) modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga bo’ysinish tartibida
joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va ag’darilgan daraxtni tashkil etadi.
Daraxtsimon (iyerarxik) modelda ob’ektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi.
Ierarxik modelda ikki yarusdagi (qatlam) elementlar bog’langan bo’lsa unday ma’lumotlar
tarmoqli (to’rli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modelda ham ob’ektlar daraxitsimon
modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi.
Relyatsion (lotin tilida relatio-munosabat so’zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni
tashkil etuvchi qisimlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Relyatsion modellarda ob’ektlar
va ularning o’zaro aloqalari jadval ko’rinishda tasvirlanadi.
Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning
maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum sohaga tegishli bo‘lgan
bir qancha ma’lumotlar joylashadi. Qatorda esa ustunlarda joylashgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ustun va qator o‘rtasidagi bog‘lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat
o‘z nomiga ega bo‘ladi.
Relyasion MBBT lari keng tarqalgan bo‘lib, ular jumlasiga dBase III Plus, dBase IV, FoxBase,
FoxPro, Karat, Clipper, Paradox, Oracle, MS Access va boshqalar kiradi.
MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi mumkin.
Interpretator tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birin-ketin bajariladi. Unda
har bir buyruq nazorat qilinadi, so‘ngra mashina tiliga aylantirib, bajariladi.
Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular «exe» faylga yoziladi. Exe
faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:


boshlang‘ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish;
matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarilishi uchun
MBBT ning mavjud bo‘lishi shart emas, Interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga
dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel tartibida
esa Clario ishlaydi.
4. Oracle MBBT ishlash texnologiyasi.
Bazada saqlanayotgan ma'lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko'p
ishlar amalga oshiriladi. Ma'lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni:
Ma'lumotlar bazasi fayllari va ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllar
ko'rinishida ajratishimiz mumkin. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi,
ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo'shimcha
ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan
foydalanuvchilargina ishlay oladi.
Oraclening juda ko'p utilitlari (Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) mavjud bo'lib,
ular ham ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda taqdim etish (boshqarish, nazorat
qilish) uchun ishlatiladi. Misol uchun Rman utilitasini oladigan bo'lsak, bu utilita bazani to'liq
yoki qisman zahira nusxalarini juda katta hajmga kamaytirib (siqib) hosil qiladi va saqlash uchun
o'zi tushunarli bo'lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusxa orqali
bazani qayta tiklash mumkin bo'ladi.
Oracle, SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar bazasini yuklash,
uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan
kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko'p Ma'lumotlar
Bazasini Boshqarish Tizimlari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha
jadvallar ustida so'rovlarni amalga oshira oladi.
Ma'lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi
yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo'lib, bu
sahifa orqali butun Oracleni boshqarish mumkin bo'ladi. SQL kodlarini bilmaydigan
foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin, buning uchun
faqatgina kerakli "ssыlka" larni bosish kifoya.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
http://fayllar.org
Relyatsion MBBT
Reja:
1. Asosiy tushunchalar
2. Relyatsion ma’lumotlar bazasi
3. Entity-Relyatsion modeli
4. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash
Infologik modellashtirishning maqsadi — tuziladigan ma’lumotlar bazasida
shakllanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tasvirlash va yig‘ish usullarini
odamlar uchun tabiiy ta’minlashdir. Shuning uchun ma’lumotlarning infologik
modelini
tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi.
Infologik modelni qurishning asosiy konstruktiv elementlari:
 mohiyat;
 mohiyatlar orasidagi bog‘lanish;
 xossalar (atributlar)
Mohiyat — har xil obyekt (obyekt — bu biz ularni bir-biri dan farqlaymiz), uning
ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samolyot,
reyslar, gullar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi
tushunchalari mavjud, ularni bir-biridan farqlash kerak. Mohiyat turi tushunchasi
bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasiga aniq
narsalar to‘plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR, uning nusxasi
esa — TOSHKENT, MOSKVA bo‘lishi mumkin.
Atribut — mohiyatni xarakterlovchi nomlar. U o‘zida yagona murakkab bo‘lmagan
strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan, “O‘quvchi” mohiyati
atributi — kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalar. Mohiyat atributlari
to‘plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan foydalanuvchi talabiga va
yechiladigan masalaga bog‘liqdir.
Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyati atributi bu — tur, marka, nomer belgisi,
rangi va boshqalar. Bu yerda tur bilan nusxa orasida farq mavjud. Rang atributi turi
ko‘p qiymatli yoki nusxali: qizil, ko‘k, oq va boshqalar. Mohiyat va atribut turlari
orasida absolyut farq yo‘q.Mohiyat turi bilan aloqada faqat atribut bor. Boshqacha
kontekstda atribut o‘zi mustaqil mohiyat bo‘lib qatnashishi ham mumkin. Masalan,
avtomobil zavodi uchun rang — bu faqat ishlab chiqarish mahsuloti atributi, lokbo‘yoq fabrikasi uchun esa rang — mohiyat turidir.
Kalit — atributlarning minimal to‘plami, uning qiymati yordamida kerakli mohiyat
nusxasini topish mumkin. Masalan, samolyotlar uchishi uchun “Reys jadvali”
mohiyati kalitlari “Reys nomeri” yoki “Jo‘nash joyi”, “Uchish vaqti” va “Qo‘nish
joyi” to‘plami bo‘lisi mumkin.
Ma’lumotlarning relyatsion modeli konsepsiyasi 1970-yilda E. F. Kodd tomonidan
taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy
dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat
qila-
di. Ma’lumotlarning relyatsion modeli asosida “munosabat” tushunchasi yotib, u
inglizcha “relation” so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda
munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Jadval har
qanday odamga tushunarli va qulaydir. Real dunyo obyektlari haqidagi
ma’lumotlarni kompyuter xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni
modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish
mumkinligini E. F. Kodd isbotlab berdi
Ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modallar ham ishlatiladi.
Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga — ER modeli deyiladi. Bu model
ingilizcha “Entity-relatsion” deyilib, ma’nosi “Mohiyat-bog‘lanish” demakdir. Bu
model 1976-yil Piter Chen tomonidan kiritilgan bo‘lib, u o‘ziga bir qator grafik
diagrammalarni oluvchi bir necha har xil turdagi komponentlarni birlashtirgan.
Piter Chen mohiyatlar
to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyatsion ma’lumotlar strukturasini
interpretatsiya qilishni taklif qiladi. ER modelining asosiy komponentlari mohiyat,
bog‘lanish va atribut bo‘lib hisoblanadi. Infologik modelni qurishda ER
diagramma tilini ishlatish mumkin.
Bemor (qaydnoma nomeri , palata nomeri, Familiyasi, Ismi,
Otasining ismi, Manzili, Jinsi). Davolovchi doktor [doktor1, Bemor M] (doktor
nomeri, Qaydnoma nomeri ). Maslahatchi [doktorM, BemorN] (doktor
nomeri, Qaydnoma nomeri ). ER diagrammalarida bog‘lanish — bu mohiyatlar,
atributlar, assotsiatsiyalar va boshqa axborot obyektlarini tasvirlovchi geometrik
shakllarni bog‘lovchi tizimdir. Matnda bu atama mohiyatlarning o‘zaro
bog‘lanishini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Agar bu o‘zaro bog‘liqlik atributlarga
ega bo‘lsa u holda assotsiatsiya deyiladi.
Sohalar ma’lumotlar bazasi — bu katta tashkilotlar axborot tizimlari hisoblanib,
ular o‘zida bir necha o‘nlab MBni saqlaydi. Bu MB har xil bo‘limlarda joylashgan
o‘zaro bog‘langan kompyuterlarda joylashgan bo‘ladi. Amaliy ma’lumotlar bazasi
— bu bir yoki bir nechta amaliy masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan berilgan
ma’lumotlarni birlashtiruvchi ma’lumotlar bazasidir (masalan, moliya, talabalar,
o‘qituvchilar va boshqalar haqidagi berilganlar bo‘lishi mumkin). Sohalar
ma’lumotlar bazasi har qanday joriy va kelgusi ilovalardan foydalanishni ta’minlab
beradi. Uning ma’lumotlar elementlari amaliy ma’lumotlar elementlari to‘plami
bazasiga ham kiradi. MBni loyihalashtirishnung joriy va oldindan ko‘rilgan
ilovalariga asoslanib yuqori samarali axborot tizimlarini yaratishni yanada
tezlashtirish mumkin. Shu sabab amaliy loyihalash MBni ishlab chiqaruvchilarni
o‘ziga jalb etmoqda. Bunday informatsion tizimlarda ilovalar sonining oshib
borishi amaliy MB sonini tez o‘stirib yubormoqda Shunday qilib har bir qarab
chiqilgan loyihalashga bo‘lgan usul har xil yo‘nalishdagi loyihalashtirish
natijasiga ta’sirini ko‘rsatadi. Maqsadga erishish uchun loyihalash
metodologiyasini tashkil etish sohali va amaliy usullarni qo‘llash samaradorligiga
bog‘liqdir. Umuman olganda sohali usul boshlang‘ich informatsion strukturani
qurish uchun ishlatiladi, amaliy usul esa uni
rivojlantirish maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirishda
ishlatiladi. Axborot tizimlarni loyihalashda bu tizimlarni to‘liq analiz qilish va
unga bo‘lgan foydalanuvchilar talablarini aniqlashga olib keladi. Ma’lumotlarni
yig‘ish mohiyatni o‘rganish bilan boshlanadi. MBni loyihalashning asosiy maqsadi
— bu saqlanadigan ma’lumotlarni kamaytirish, ishlatiladigan xotira hajmini tejash
va ko‘p qaytariladigan operatsiyalarni kamaytirishdir.
Xulosa:
Ma’lumotlarning relyatsion modeli asosida “munosabat” tushunchasi yotib, u
inglizcha “relation” so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda
munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Jadval har
qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Скачать