6.MAVZU: YOZUV REJA: 1. Yozuv haqida ma’lumot. 2. Til va yozuv munosabati. 3. Yozuvlar tarixi. Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og‘zaki va yozma shakli bo‘lib, yozma nutq yozuv orqali namoyon bo‘ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa- munosabatning muhim vositasi bo‘lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan. 1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat qiladi. 2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali avloddan avlodga yetkaziladi. 3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir. 4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi. 5. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini o‘rganib bo‘lmaydi1. Piktografik yozuv. Voqea- hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi.Bu atama “chizilgan” va “yozaman”degan ma’nolardagi so‘zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushinchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas. Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik (grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo‘ldi. Yozuvning bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos-so‘z”, “grafo- yozaman”). Negaki, bunday yozuvdagi ramzlar narsa- buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so‘zlarni ham ifodalaydi. Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin bo‘lgan logogrammalar orqali yetkaziladi. Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari bor. a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo‘lgan mazmunni ancha mufassal aks ettiradi. b)piktografik yozuvda so‘z tartibi va so‘zshakllari noaniq, logografik yozuvda esa aniq bo‘ladi. v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo‘l qo‘yiladi, logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan. Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Ieroglif grekcha “ierogliv” so‘zidan olingan bo‘lib, “muqaddas yozuv “ degan 1 Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., ReesMiller, J. P.65-68. tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan. Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks ettiradi. Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay olishi bilan o‘zidan oldingi yozuvlardan farqlanadi. Yozuvning yuqorida qayd etilgan turlari ancha murakkab. Ularda fikr va ma’lumot ifodalash imkoniyati juda tor. Shuning natijasi o‘laroq, yozuvni oson, qulay shaklga keltirish ehtiyoji tug‘uladi. Yozuvni soddalashtirish quyidagi yo‘llar orqali amalgam oshirildi. 1. Tushunchani yangi shakllar bilan berish o‘rniga, mavjud logogrammalar yoki ierogliflar majmuasi orqali ifodash. 2. Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo‘li so‘zlarning grammatik shakllariga taalluqlidir. Masalan, logogrammalarni o‘zak sifatida qoldirib, grammatik ma’nolar uchun yangi logogrammalar o‘ylab topish, ularni o‘zak logogrammalar ma’nosiga qarab qo‘shish. 3. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va ma’qul usuli fonografik yozuvga o‘tish edi. Bunday yozuv tilning grammatik qurilishini ifodalab qolmay, uning fonetik tuzilishini, ya’ni so‘zning tovush tarkibini ham aks ettiradi.Fonetik yozuv. Yozuvning bu turi bir necha ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri bo‘g‘in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo‘g‘inlarni ifodalaydi. Yozuv tarixida bo‘g‘inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘g‘inli yozuvda bir bo‘g‘inni, bir so‘zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar qo‘llangan. Ossuriya va Vavilon mix (qoziq) yozuvi ana shunday yozuvlardan hisoblangan. Bu yozuvda ayrim belgilar bir tovushni,butun bir bo‘g‘inni, ba’zi belgilar esa butun bir so‘zni ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya va Vavilon mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni, ya’ni har qaysi belgi bir tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro etganlar. Dunyodagi aksar tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuvi asosida shakllangan. RAQAMLARGA QADAR Qadimda odamlar barmoqlari yordamida sanashgan, o’zaro muomalada raqamlarni, hisob-kitoblarni shuning yordamida anglatishgan. Raqamlarni so’z bilan yozishgan, so’ng barmoqqa o’xshash shartli belgilar chizib ifodalashgan. Rimliklar bitta barmoqni bitta, ikkita barmoqni ikkita cho’p bilan ifodalashgan, besh esa – besh barmoq yoyilib turgan kaft suratiga o’xshatib chizilgan. Tez yozish uchun rim raqamlari noqulay. Biroq ular hamon badiiy asarlar boblarini belgilashda va boshqa joylarda uchraydi2. YOZUVLAR TARIXI Insoniyat tarixida yozuvning roli beqiyosdir. Chunki yozuv orqali kishilar o`z fikrlarini bir-biriga bildiradilar va o`zidan keyingi avlodlarga me`ros qilib qoldiradilar. Biz yozuv yordamida ming yillar oldin o`tgan voqealar, shaxslar, ilm, fan, madaniyat, ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan voqea-hodisalar haqidagi ma`lumotlarga ega bo`lamiz3. 2 3 Mahmudova Z., Usmonova G. O’zbek tili (Rus guruhlari uchun). –Toshkent.2002.-B.87 Qobuljonova G., Zakirova H. O’zbek tili.-Andijon.-2010.-B.12 Insoniyat tarixida dastlabki yozuv piktografik (lot. “piktus”- chizilgan “graphe-yozaman”)- rasm-yozuv bo`lgan. Undan keyingi ideografik (gr. “idea”“tushuncha”, “graphe”- yozaman), keyinchalik ieroglifik (gr.”muqaddas yozuv”) xat shakllangan. Hozirda bu yozuvdan Xitoyda foydalaniladi. Bu yozuvlar ancha murakkab bo`lib, minglab shakllarni chizish va ularning mazmunini bilishni taqozo etgan. Shuning uchun yozuvning yangi shakli – fonografik yozuvga o`tilgan. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bog`langan. Fonografik yozuv xatlarning eng so`nggisi hisoblanib, u nutq tovushlariga asoslanadi. Hozirgi paytda dunyoda 220 xil fonografik yozuv mavjud. Arxeologik manbalarda ko`rsatilishicha, O`rta Osiyo va Qozog`istondagi qadimgi turkiy ajdodlarimiz oromiy, yunon, sug`d, xorazm, ko`shan, evfalit, pahlaviy, suriya, hind, runiy, uyg`ur, arab yozuvlaridan foydalanganlar. Oromiy yozuvi asosida shakllangan sug`d va xorazm yozuvlari eramizning I-V asrlarida qo`llangan. Eramizning I asrida oromiy yozuvi asosida uyg`ur yozuvi shakllangan. Eramizning V asriga kelib esa runiy nomi bilan atalgan o`rxun-yenisey yozuvi paydo bo`lgan. “Run”- mahfiy, sirli degan ma`noni anglatadi. Bu yozuv fan olamiga XVIII asrda ma`lum bo`lgan. Rus sayyohi N.M.Yadrinsev O`rxun daryosi bo`ylaridan shu xildagi yozuvlarni topgan. Ular O`rxun va Yenisey daryolari bo`yidan topilganligi uchun shunday nomlanadi. Tuzilishiga ko`ra german runiy yozuvlariga o’xshaganligi uchun runiy yozuv deb yuritiladi. Runiy yozuvni 1893-yilda daniyalik professor B. Tomsen o`qigan. Arab bosqiniga qadar, Movarounnahrda run, turkiy (uyg`ur), sug`d, moniy va braxma, suryoniy yozuvlari qo`llangan4. Diniy mazmundagi asarlar braxma, suryoniy yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar runiy, turkiy (uyg`ur) yoki sug`d yozuvida yozilgan. Run yozuvi yodgorliklari katta hududga tarqalgan bo`lib, ular qabr ustiga qo`yilgan toshlarga, tayoqlarga yozilgan. Bu yozuvda- O`rxun – Enasoy tosh bitiklari, turkiy (uyg`ur) yozuvida – qadimgi turkiy yodnomalar: «Oltin yorug`», budda va xristian diniga oid yodnomalar, yuridik hujjatlar; moniy yozuvida “Xuastuanift” yodgorligi yozilgan. Uyg`ur yozuvi arab yozuvi bilan teng XV asrgacha qo`llangan. Bu yozuvda “Qutadg`u bilig”ning Vena nusxasi, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarining qadimgi nusxasi, “Latofatnoma”, “Dahnoma” kabi asarlarning ayrim nusxalari va parchalari yozilgan. Arablar istilosi bilan bog`liq holda kirib kelgan arab yozuvi (VIII asr) 1200 yildan ortiq davr ichida (1926-yilgacha) qo`llanib kelindi5. Bu yozuvda ham minglab qo`lyozmalar, ilmiy, badiiy, diniy asarlar yaratilgan. 1926 – yili Boku shahrida turkiyshunoslar anjumani bo`lib, lotin yozuviga o`tish to`g`risida qaror qabul qilinadi. Bunga arab alifbosining turkiy tillar fonetik xususiyatini aks ettirmasligi va 4 5 Mahmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-ma’lumotnoma.-Toshkent “Fan”-1990.-B.7 Qobuljonova G., Zakirova H. O’zbek tili.-Andijon.-2010.-B.12 o`rganishning qiyinligi asos qilib olinadi. 1928- yil mart oyidagi III sessiyada lotin alifbosini joriy qilish masalasi ko`rib chiqilib, qaror qabul qilinadi. 1929- yilda o`zbek xalqi lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga o`tdi. 1940- yil 8-mayda O`zbekiston Respublikasi oliy kengashi sessiyasi rus (kiril) yozuvi asosidagi yangi o`zbek alifbosini ma`qulladi va uni joriy etish to`g`risida qaror qabul qildi. 1993- yil 2-sentabrda bo`lib o`tgan Respublika Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida” qaror qabul qildi. Unda 31 ta harf va bir tutuq belgisi joriy etilgan edi. 1995- yil 6-mayda esa ushbu alifboga ayrim o`zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilindi. Yangi alifbo 26 ta harf, 3 ta harf birikmasi va tutuq belgisini o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 – yil 24- avgustda “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni tasdiqladi. Bugungi kunda dunyo xalqlarining 30 foizdan ko`prog`i lotin yozuvidan foydalanadilar. Biz faqat yozuv borligi uchungina, tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish sharafiga muyassar bo’lamiz: bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o’rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. Tilning rivojlanish yo’lini o’rganamiz, tilga kirib kelayotgan yangiliklarni va ularning sababini aniqlaymiz. O’qish va yozuv hozirgi vaqtda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go’yo ular bir umr til bilan birga bog’liq bo’lgandek ko’rinadi. Aslida yozuvning paydo bo’lganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Ba’zi tillarning hanuzgacha yozuvi yo’q. Amerika qit’asi mahalliy aholisining ko’pchilik tillarini bunga misol tariqasida ko’rsatish mumkin. Yozuvning paydo bo’lishi juda katta ahamiyatga ega. U madaniyat va tilning taraqqiyotiga ijobiy hissa go’shdi. Yozuv voqea va hodisalarni (axborotni) abadiylashtirish hamda axborotni uzoq masofaga etkazish imkonini berdi. Ҳозиргача фанга маълум қадимги туркий тил манбалари турк-рун, қадимги уйғур, суғд, моний, брахмий, сурёний каби ёзувларда ёзилган. Ma’lumki, yozuv insoniyat yaratgan eng buyuk ne’matlardan biridir. Yozuv og’zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo’shimcha aloqa vositasi bo’lsa-da, unga qaraganda juda ko’p afzalliklarga ega. Tilning asosiy funksiyalaridan biri bo’lgan kumulyativ funksiya bevosita yozuv orqali amalga oshadi. Kishilik jamiyati qo’lga kiritgan ulkan tajribalar, bilimlar, tengsiz kashfiyotlar va hokazolarning barchasi avlodlardan-avlodlarga, xalqlardan xalqlarga bevosita yozuv orqali yetib boradi. Boy va ulkan o’tmish madaniyatimiz, tariximiz haqidagi bugungi tasavvurlarimizning mavjudligi, rivojlanib borishi faqat va faqat yozuv tufaylidir. Umuman, yozuvning ahamiyati, kishilik aloqasidagi o’rni haqida juda ko’p gapirish mumkin. Ammo yozuvning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi hech kimga qorong’i emas. Yozuvning paydo bo’lishi, yozuvgacha bo’lgan turli predmetli aloqa vositalari, yozuvning tarixiy va tadrijiy takomili, umuman, yozuv tarixi va nazariyasi behad murakkab, ayni paytda eng aktual masalalardan biridir. Til kishilik jamiyati bilan qay darajada bog’liq bo’lsa, yozuv ham shu darajada kishilik jamiyati tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Insoniyat tarixida yozuvning roli beqiyosdir. Chunki yozuv orqali kishilar o`z fikrlarini bir-biriga bildiradilar va o`zidan keyingi avlodlarga me`ros qilib qoldiradilar. Biz yozuv yordamida ming yillar oldin o`tgan voqealar, shaxslar, ilm, fan, madaniyat, ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan voqea-hodisalar haqidagi ma`lumotlarga ega bo`lamiz6. PALEOGRAFIYA – qadimgi yozuvlar, ulardagi belgilarning grafik shakllari, bu shakllarning tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini, yozma yodgorliklarning yozilish o`rni va vaqtini o`rganadigan tarixiy-filologik fan. Paleografiya termini dastlab Bernard Monfokon tomonidan qo`llangan. U 1708 yilda Parijda “Grek paleografiyasi” nomli ishini nashr etgan va tarixiy hujjatlar hamda yorliqlarning haqiqiy yoki soxtaligini belgilovchi diplomatika fanidan paleografiyani alohida mustaqil soha sifatida ajratib chiqardi. Paleografiyaning asosiy vazifasi qo`lyozmadagi yozuvning xronologik va territorial xususiyatlarini aniqlash va sistemalashtirish, shu asosda qo`lyozma yodgorliklarining yaratilish vaqti, joyi va muallifini aniqlash, shuningdek, qo`lyozmani to`g`ri o`qishdan iborat. Paleografiya muayyan tillar va alfavitlarning belgilarini o`rganadi. Paleografiya yozuv turi va qo`lyozmalarning qaysi xalqlarga mansubligiga qarab turk, slavyan, arab, hind, grek va h.k. paleografiyalarga bo`linadi. Paleografiya yozuv materiallari va qurollarini ham o`rganadi, chunki ular ham vaqt o`tishi bilan o`zgarib yoki almashib boradi. Qo`lyozma kitob va hujjatlarning muqovasi, formati va vaqt o`tishi bilan o`zgarib boruvchi boshqa tashqi belgilari ham paleografiya ichun ahamiyatlidir. PIKTOGRAFIK YOZUV .Ko’pchilik olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish hamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun hozirgi zamon yozuvi bo’lmagan paytda odamlar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yo’li bilan amalga oshirishgan. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan. Bu atama ikki so’zdan iborat bo’lib, birinchi yarmi lotincha piktus (chizilgan) va ikkinchi yarmi grekcha grapho (yozaman) degan ma’nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklarini piktogrammalar deb atashadi. AQShning taniqli olimi L.Blumfild bu yozuvga misol tariqasida quyidagilarni keltiradi: Amerikaning mahalliy odjibva qabilasining bir a’zosida daraxtning uzun po’stlog’I bo’lgan. Po’stloqda bir qancha shakllar chizilgan bo’lib (tulki, bo’yoqli va boshqalar), u aytiladigan muqaddas qo’shiq tartibini ko’rsatar edi. Yana bir misol: mandan qabilasining bir a’zosi savdogarga ikki bir-birini kesib o’tgan chiziq va bu kesmalarning bir tomoniga bir miltiq bilan qunduz va uning yoniga o’ttizta parallel chiziqchalarni, ikkinchi tomonga esa savsar, suvsar va qo’tosning surati chizilgan maktubni yuborgan. Bu xatning ma’nosi quyidagicha bo’lgan: “Men savsar, suvsar va qo’tos mo’ynalarini bir miltiq va o’ttizta qunduzning terisiga almashtirishga roziman”. Yozuvning bu turi mukammal bo’lmay, u birinchidan, rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tartibini ko’rsata olmaydi va buning natijasida bir Mahmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-ma’lumotnoma. –Fan – 1990.-B.5-7:Maлов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. М.-Л. 1951.-C.45 6 maktubni bir necha xil o’qishga, talqin qilishga yo’l qo’yadi, ikkinchidan, mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni yo’q darajadadir. Yozuv – insoniyat tafakkuri yaratgan ma’naviy boyliklarni asrlardan asrlarga, avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi bebaho vosita. U insonning eng oily kashfiyotlaridan biri. Jahon tarixidan ma’lumki, yuksak ma’naviyat, boy madaniyatga ega har bir xalqning o’z yozuvi bo’lgan. Dunyo xalqlarining tillari kabi yozuvlari ham o’ziga xos. Ko`pchilik olimlarning fikricha har qanday yozuvning asosida rassomlik yotadi. Atrofdagi narsalarni rasm orqali aks ettirilishi ham hamma xalqlarga xos. Avval ya'ni hozirgi yozuv paydo bo`lmagan paytda ba'zi voqealar hodisalarni uzok masofaga yetkazish uchun yoki zamonda abadiylashtirishni jonli va jonsiz narsalarni rasmini chizish yo`li bilan amalga oshirilgan. Bular “Piktografik yozuv” deb nomlangan. Bu ikki so`zdan iborat bo`lib, birinchi yarmi lotincha pictus chizilgan ikkinchi yarmi grekcha graho yozaman degan ma'no anglatgan. Bu yozuv birliklari piktogrammalar deyiladi. Yozuvni bu turi unchalik mukammal emas, u rasmlar orasidagi munosabatlarni va ular tartibini ko`p ko`rsata olmaydi. Buni oqibatida bir maktubni bir necha xil fikrlashga va mavxum tushunchalarni aks ettirish imkoni yuq. Bu yozuv asta-sekin mukammallashib borib natijada ideografik (gr idea tushuncha graho yozaman) yozuv paydo bo`ldi. Ba'zi olimlar bu yozuvni logografik yozuv ham deb atashdi. Bunga sabab yozuvdagi simvollar faqat bizni o`rab turgan muhitdagi narsa va predmetlarni aks ettirib qolmay tildagi so`zlarni ham aks ettiradi. Tildagi har bir so`z ham o`z simvoliga ega. Qadimgi arablar “yuz ming” sonini it baliqning rasmi orqali amalga oshirganlar. Logografik yozuv piktografik yozuvga ko`ra afzallikka ega. Logografik yozuvni bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Bu grekcha muqaddas yozuv degan ma'noni anglatadi. Lekin yuqorida keltirilgan yozuvlar turi o`qish va o`qitishni qiyinlashtiradi. Yozuvni ommaviylashuvi uchun esa uni osonlashtirish, soddalashtirish kerak. Keyingi yozuv fonografik yozuv bo`lib, bu ham juda ko`p ko`rinishga ega. Shulardan biri sillabik yoki bug`in yozuvidir. Bu yozuv qo`shma so`zlarni mayda qismlarga bo`lish orqali paydo bo`lgan. Shundan keyin ierogliflar bug`inlarni ifoda etadigan bo`ldi. Biz yuqorida keltirgan yozuvlardan tashqari hozirgi vaqtda maxsus yozuv turlaridan keng foydanishadi. Stenografiya va transkripsiya yozuvni ana shunday maxsus turiga kiradi. Stenografiya – bu so`z grekchadan olingan bulib, stenos - tor va graho - yozaman degan ma'noni anglatadi. Bu yozuv maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi hamda mutaxassislar tomonidan ishlatiladigan yozuvdir. Uni yordamida og`zaki nutqni tez va to`liq qog`ozga tushurish mumkin. U logogrammaga o`xshash belgilar sistemasi sifatida ularni har biri ayrim, bir hatto bir necha so`zni ma'nosiga teng keladi. Bu yozuv asta-sekin mukammallashib borib natijada ideografik (gr idea tushuncha graho yozaman) yozuv paydo bo`ldi. Ba'zi olimlar bu yozuvni logografik yozuv ham deb atashdi. Bunga sabab yozuvdagi simvollar faqat bizni o`rab turgan muhitdagi narsa va predmetlarni aks ettirib qolmay tildagi so`zlarni ham aks ettiradi. Tildagi har bir so`z ham o`z simvoliga ega. Qadimgi arablar “yuz ming” sonini it baliqni rasmi orqali amalga oshirganlar. Logografik yozuv piktografik yozuvga ko`ra afzallikka ega. Logografik yozuvni bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Bu grekcha muqaddas yozuv degan ma'noni anglatadi. Lekin yuqorida keltirilgan yozuvlar turi o`qish va o`qitishni qiyinlashtiradi. Yozuvni ommaviylashuvi uchun esa uni osonlashtirish, soddalashtirish kerak. Keyingi yozuv fonografik yozuv bo`lib, bu ham juda ko`p ko`rinishga ega. Shulardan biri sillabik yoki bug`in yozuvidir. Bu yozuv qo`shma so`zlarni mayda qismlarga bo`lish orqali paydo bo`lgan. Shundan keyin ierogliflar bug`inlarni ifoda etadigan bo`ldi. Biz yuqorida keltirgan yozuvlardan tashqari hozirgi vaqtda maxsus yozuv turlaridan keng foydanishadi. Stenografiya va transkriptsiya yozuvni ana shunday maxsus turiga kiradi. Stenografiya – bu so`z grekchadan olingan bulib, stenos - tor va graho - yozaman degan ma'noni anglatadi. Bu yozuv maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi hamda mutaxassislar tomonidan ishlatiladigan yozuvdir. Uni yordamida og`zaki nutqni tez va to`liq qog`ozga tushurish mumkin. U logogrammaga o`xshash belgilar sistemasi sifatida ularni har biri ayrim, bir hatto bir necha so`zni ma'nosiga teng keladi. O’RTA OSIYO BILAN BOG’LIQ BO’lGAN YOZUVLAR Arxeologik manbalarda ko`rsatilishicha, O`rta Osiyo va Qozog`istondagi qadimgi turkiy ajdodlarimiz oromiy, yunon, sug`d, xorazm, ko`shan, evfalit, pahlaviy, suriya, hind, runiy, uyg`ur, arab yozuvlaridan foydalanganlar. Oromiy yozuvi asosida shakllangan sug`d va xorazm yozuvlari eramizning I-V asrlarida qo`llangan. Eramizning I asrida oromiy yozuvi asosida uyg`ur yozuvi shakllangan. Eramizning V asriga kelib esa runiy nomi bilan atalgan o`rxun-yenisey yozuvi paydo bo`lgan. “Run”- mahfiy, sirli degan ma`noni anglatadi. Bu yozuv fan olamiga XVIII asrda ma`lum bo`lgan. Rus sayyohi N.M.Yadrinsev O`rxun daryosi bo`ylaridan shu xildagi yozuvlarni topgan. Ular O`rxun va Yenisey daryolari bo`yidan topilganligi uchun shunday nomlanadi. Tuzilishiga ko`ra german runiy yozuvlariga o’xshaganligi uchun runiy yozuv deb yuritiladi. Runiy yozuvni 1893-yilda daniyalik professor B. Tomsen o`qigan. Arab bosqiniga qadar, Movarounnahrda run, turkiy (uyg`ur), sug`d, moniy va braxma, suryoniy yozuvlari qo`llangan. Diniy mazmundagi asarlar braxma, suryoniy yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar runiy, turkiy (uyg`ur) yoki sug`d yozuvida yozilgan. Run yozuvi yodgorliklari katta hududga tarqalgan bo`lib, ular qabr ustiga qo`yilgan toshlarga, tayoqlarga yozilgan. Bu yozuvda- O`rxun – Enasoy tosh bitiklari, turkiy (uyg`ur) yozuvida – qadimgi turkiy yodnomalar: «Oltin yorug`», budda va xristian diniga oid yodnomalar, yuridik hujjatlar; moniy yozuvida “Xuastuanift” yodgorligi yozilgan. Uyg`ur yozuvi arab yozuvi bilan teng XV asrgacha qo`llangan. Bu yozuvda “Qutadg`u bilig”ning Vena nusxasi, Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarining qadimgi nusxasi, “Latofatnoma”, “Dahnoma” kabi asarlarning ayrim nusxalari va parchalari yozilgan. Biz faqat yozuv borligi uchungina, tilning tarixiy taraqqiyotini kuzatish sharafiga muyassar bo’lamiz: bu rivojlanishni qayd qilamiz, oldingi avlodlarimiz tilini o’rganib, uni hozirgi davrdagi til bilan qiyoslaymiz. Tilning rivojlanish yo’lini o’rganamiz, tilga kirib kelayotgan yangiliklarni va ularning sababini aniqlaymiz. O’qish va yozuv hozirgi vaqtda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go’yo ular bir umr til bilan birga bog’liq bo’lgandek ko’rinadi. Aslida yozuvning paydo bo’lganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Ba’zi tillarning hanuzgacha yozuvi yo’q. Amerika qit’asi mahalliy aholisining ko’pchilik tillarini bunga misol tariqasida ko’rsatish mumkin. Yozuvning paydo bo’lishi juda katta ahamiyatga ega. U madaniyat va tilning taraqqiyotiga ijobiy hissa go’shdi. Yozuv voqea va hodisalarni (axborotni) abadiylashtirish hamda axborotni uzoq masofaga yetkazish imkonini berdi. Ҳозиргача фанга маълум қадимги туркий тил манбалари турк-рун, қадимги уйғур, суғд, моний, брахмий, сурёний каби ёзувларда ёзилган. BUSTROFEDON – yozuvning yo’nalishi bilan bog’liq tushunchani ifodalovchi atama (termin). Turli xil yozuv sistemalarida yozuvning yo’nalishi turlicha, masalan, hozirgi lotin, slavyan va bohqa bir qator yozuvlarda chapdan o’ngga qarab yoziladi. Sharq yozuvi sistemalarining deyarli barchasida o’ngdan chapga qarab yoziladi. Yozuvdagi u yoki bu yo’nalishning tanlanishida muayyan ob’ektiv sabablardan kelib chiqilgan. Masalan, sharq yozuvi sistemalarida o’ngdan chapga qaragan yo’nalishning turg’unlashuviga ikki factor sabab bo’lganligi ko’rsatiladi. Birinchidan, xat dastlab qattiq materiallar (tosh, metal, suyak) ga, papirusga yoki teriga yozuv qurolini qattiq bosish yo’li bilan yozilgan, albatta, yozuv yo’nalishiga qarab yozuv quroli kuch bilan bosilgan. Shuning uchun ayni yo’nalishga teskari ravishda yozuv materialini tirab, qimirlatmay turish uchun bo’sh chap qo’l juda qulay. Ikkinchidan, finikiya, suriya va arab xattotlari xat yozish paytida sharq tomonga qarab o’tirganlar, bunday yorug’lik o’ngdan tushadi, yozuv qurolining soyasi esa chapga yo’naladi va demak, yozilgan harflar o’ngdan chapga qarab yozilganda yozuv qurolining soyasida qolmaydi. Greklar ham dastlab, ana shu yo’nalishda yozganlar, ammo keyinroq yozuv yo’nalishini o’zgartirganlar, ya’ni chapdan o’ngga qarab yozadigan bo’lganlar. Bu oraliq o’tish davrida esa bir qatorni o’ngdan chapga, boshqa qatorni chapdan o’ngga va hokazo tarzda yozganlar. Ana shu aralash yo’nalish (goh chapga, goh o’ngga) ni greklar bustrofedon (bus grek. – ho’kiz, streopho grek. – qaytaraman; ya’ni yer haydash paytida omochga qo’shilgan ho’kizning egat boshiga chiqib qaytishi) deb ataganlar. Eng qadimgi lotin yozuvlari (eramizdan oldingi VI-IV asrlarda) german run yozuvlarida ham bustrofedon bilan yozish kuzatiladi. ALLOGRAF – muayyan bir grafema, harfning variantlari. Ular funksional jihatdan bir grafemaga birlashadilar. Muayyan bir fonemani ifodalash va umumiy grafik formaning birligi allograflarning eng muhim umumiy belgilaridir. Yagona nom, bir xil kelib chiqish va alifbodagi yagona o’rin ularning qo’shimcha belgilaridir. Hozirgi umumiy yozuv nazariyasida stilistik (bosma va yozma), fakultativ (masalan, doda va dada), pozitsion, kombinator (arab yozuvida so’z strukturasidagi o’rniga ko’ra harflarning to’rt shakli) allograflar farqlanadi. Bulardan tashqari, ayrim yozuv turlarida bir harf biron-bir cheklanishsiz bir necha variantda yoziladi. Bu holatni qadimgi uyg’ur yozuvida, o’rxun yozuvida ko’rish mumkin.Masalan, o’rxun yozuvida “o’qu” harfi shakllarida, “mi” harfi , , , shakllarida va hokazo beriladi. Bunday allograflarni alternative allograflar nomi ostida umumlashtirish mumkin. Allograflar, ularning belgilari va xususiyatlarini har taraflama bilish ham amaliy, ham nazariy jihatdan katta hamiyatga ega. Muayyan yozuvni tahlil qilishda, ayniqsa, notanish matnlarni deshifrovka qilishda allograflarni nazarda tutish mutlaqo zarur. Shuningdek, matn izlanishlarida ham allograflarni hisobga olmasdan turib, kutilgan ob’ektiv natijalarga erishish mahol7. BILINGVA – bir xil yoki u yoki bu darajada bir-biriga yaqin mazmunga ega bo’lgan, boshqa-boshqa tilda yozilgan ikkita parallel matn. Bilingvalarga rus va milliy tillarda yozilgan matnlarni ham misol qilib keltirish mumkin. Yozuv tarixi nazariyasi uchun esa qadimgi yozma yodgorliklar shaklidagi bilingvalar alohida ahamiyatga ega. Bunday bilinvalarning talayginasi fanga ma’lum. Masalan, N. M.Yadrinsev tomonidan topilgan Kul tigin bitigtoshi (732 yilda) turk va xitoy tillarida yozilgan bo’lib, bilingvaga misol bo’la oladi. Noma’lum yozuvlarni deshifrovka qilishda bilingvalarning ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi yozuvlarning juda ko’pchiligi (misr iyerogliflari, mixxatlar va hokazo) ana shu bilingvalar yordamida o’qilgan. Ko’pincha yozuv ham, notanish til ham bilingvalar yordamisiz, boshqa usul va vositalar orqali izohlanishi, o’qilishi mumkin, ammo izohning qanchalik to’g’riligi keyinchalik bilingvalar yordamida yanada tasdiqlanishi mumkin. Ba’zan uch tildagi parallel matnlar – trilingvalar ham uchraydi. Deshifrovka jarayonida trilingvalarning ahamiyati ham kattadir. Masalan, ana shu trilingvalardan birini 1974 yilda fransuz arxeologlari Turkiyaning janubida topdilar. Bu trilingva bir yarim metrdan sal oshadigan balandlikka ega bo’lgan tosh devor bo’lib, unda likiyaliklar, qadimgi misrliklar va oromoy tilida parallel matn o’yib yozilgan DESHIFROVKA- noma’lum, unutilgan yoki qisman noma’lum yozuvda bitilgan matnni o`qish demakdir. Deshifrovka umumlashtirib aytganda, qadimgi yozma yodgorliklar ustida olib boriladigan juda murakkab ishdir. Tadqiqotchilar deshifrovkaning, asosan, uch turini farqlaydilar, ya’ni 1.ma’lum tilda, lekin noma’lum yozuvda yozilgan matnni deshifrovka qilish; 2.noma’lum tilda, lekin ma’lum yozuvda bitilgan matnni deshifrovka qilish; 3.noma’lum tilda va noma’lum yozuvda bitilgan matnni deshifrovka qilish. Ularning orasida eng qiyini va sermashaqqati uchinchi tur deshifrovkadir. Noma’lum matnni o`qishda eng samarali va qulay vosita bilingva va trilingvalardir. Ular yordamida ma’lum va noma’lum yozuv (til) o`zaro qiyoslanadi va noma’lum matndagi belgilar yoki so`zlar aniqlanadi. Bunda avvalo, noma’lum matndan ma’lum parallel matndagi atoqli otlar qidiriladi, shu asosda muayyan belgilarning o`qilishi aniqlanadi. Bu o`qilgan belgilar esa matnning qolgan qismini o`qish uchun asos bo`ladi, tadqiqotchini noma’lum yozuv olamiga olib kiruvchi so`qmoq vazifasini bajaradi. Deshifrovka behad murakkab ish bo`lganligi uchun ham xilma-xil metod va usullar bilan ish ko`radi. Hatto tadqiqotchining intuitsiyasi ham ko`pincha muhim rol o`ynaydi. Hozirda o`rni bilan texnik vositalar ham deshifrovkachiga yordamga kelmoqda8. BRAXMI (birahmon) yozuvi – qadimgi Hindistonda juda keng tarqalgan, juda ko`p hind yozuvlariga, shuningdek, Birma, Tayland, Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardagi yozuvlariga asos bo`lgan bo`g`in yozuvi.Mahalliy rivoyatga ko`ra, 8 Mahmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lug’at-ma’lumotnoma. –Fan – 1990.-B.32 bu yozuv xudo – Braxma tomonidan yaratilgan, shuning uchun ham braxmi yozuvi deb yuritiladi. Braxmi yozuvining paydo bo`lishi haqida turli xil qarashlar mavjud. Nisbatan ko`pchilik tomonidan tan olingan qarashlardan biriga ko`ra, bu yozuv eramizdan oldingi VIII asrlarda finikiya yozuvini shakllantirish (unli orttirish) natijasida paydo bo`lgan. Braxmi yozuvi eng qadimgi davrlarda o`ngdan chapga qarab yozilgan, keyinchalik esa chapdan o`ngga qarab yozish turg`unlashgan. Braxmi yozuvidagi asosiy belgilar “undosh+a” ifodasi uchun xizmat qiladi, ya’ni a unlisi bilan tugagan ochiq bo`g`inlar bu yozuvdagi sillabemalarning ma’nosidir. Masalan, ma, ta, pa, ha, ba va hokazo bo`g`inlar tegishli sillabemalar bilan ifodalanadi. Bunday sillabemalar 31 ta. Bundan tashqari 4 ta belgi alohida unlilar (odatda so`z boshidagi) ifodasi uchun qo`llanadi. Shuningdek, “anusvara” deb nomlangan maxsus belgi bo`lib, u so`z oxiridagi undosh tovushni burun tovushi sifatida talaffuz qilish lozimligini ko`rsatish uchun ishlatiladi. Ayni paytda a dan boshqa unli bilan kelgan bo`g`inni ifodalash uchun tegishli sillabemaning ostiga yoki ustiga bu unlini ko`rsatuvchi alohida kichik belgi qo`yilgan (masalan, sillabema ta+kichik belgi i-ti). Tarkibida birdan ortiq undosh bo`lgan bo`g`inlar ham ana shunday maxsus belgilar va bir necha sillabemani qo`shib yozish orqali ifoda qilinavergan. Brahmi yozuvi hozirgi kunda ham iste’moldan chiqib ketmagan. DETERMINATIVLAR – yozuvda talaffuz qilinmaydigan, ammo shakli bir xil, ma’nosi farqli (omonim) so’zlarni bir-biridan ajratish, farqlash uchun qo’llanadigan belgilar. Ular ma’no ajratkichlari, ochqich belgilari deb ham yuritiladi. Detarminativlar sifatida iyerogliflar qo’llangan va bunday iyerogliflar mustaqil belgidan yordamchi belgiga aylangan. Determinativlar yozuvni o’qishdagi noaniqliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Masalan, qadimgi misr yozuvida pr (“uy”) va prj (“chiqmoq”) so’zlari bir xil – uy planining konturlaridan iborat rasm orqali ifodalangan, shuning uchun “chiqmoq” ma’nosidagi so’z o’qilishini ko’rsatish uchun mazkur rasmdan keyin yurayotgan ikki oyoq tasviridan iborat determinativ qo’llangan. Yoki xitoy yozuvida “ayol” ma’nosida qo’llanuvchi logogramma mustaqil holatda “ayol” tushunchasini ifodalayveradi, ammo u determinativ sifatda ta logogrammasi (“ot”, “ona”, “so’kinmoq” ma’nosidagi so’zlar omonimiyasini ifodalaydi) bilan birga qo’llanganda, bu logogrammaning “ona” ma’nosidagi so’z sifatida o’qilishi lozimligini ko’rsatadi. Ba’zan bir so’z uchun birdan ortiq determinativlar ham qo’llanishi mumkin. Determinativlar qadimgi misr, xitoy yozuvlarida, shumer mixxatlarida va boshqa qadimgi yozuvlarda keng qo’llangan. MONIY (manixey yozuvi) yozuvi – oromiy yozuvi asosida yuzaga kelgan harftovush yozuvi bo`lib, moniylik dini tarafdorlari tomonidan qo`llangan. Bu din eramizning 247 yilida Moniy (215 yillarda Vaviloniyada fors oilasida tug`ilgan, 273 yillarda butga tortib o`ldirilgan) tomonidan yaratilgan va qariyb ming yil davomida (III-XIII asrlar) eng keng tarqalgan dinlardan biri bo`lgan. IV asrlarda moniylik dini O`rta Osiyoga kirib kelgan, shundan keyin bu territoriyalarda moniy yozuvi ham tarqala boshlagan. Moniy yozuvi aniq va juda chiroyli alfavitga ega bo`lgan. Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, Moniy ayni paytda juda katta rassom ham bo`lgan, shuning uchun bu yozuvning takomillashuvi va go`zallashuviga uning o`zi bevosita hissa qo`shgan deb taxmin qilinadi. Sharqiy Turkiston (Xitoyda) dan moniy yozuvida ko`chirilgan qo`lyozmalar (eroniy va turkiy tillarda) topilgan. Moniy alfaviti 29 atrofidagi harfdan tashkil topgan. Bu yozuvda o`sha davrdagi ayrim qardosh yozuvlardan farqli o`laroq ideogrammalar yo`q. So`zlar fonetik prinsipi asosida, ya’ni qanday talaffuz qilinsa, xuddi shunday yozilgan. Unlilarning qisqa va cho`ziqligi farqlangan. Qisqa unlilar yozuvda ba’zan ifodalanmagan, ba’zan esa ayrim harflar vositasida ifodalangan. Moniy yozuvida yozgan xattotlar so`zni bir satrdan keyingi satrga ko`chirmaganlar, shuning uchun so`zlarni cho`zib, yo qisqartirib yozganlar, ya’ni sozni cho`zib satrni to`ldirish uchun harflari cho`zib yozish, cho`ziq unlini ifodalovchi harfni ikki yoki uch marta yozish, so`z oxiriga o`qilmaydigan harfni yozish kabi yo`llardan, so`zni qisqartirish uchun esa unli tovushlarni ifodalovchi harflarni, yonma-yon kelgan unli harflardan birini tushirib qoldirish kabi yo`llardan foydalanganlar. Bu yozuv o`ngdan chapga qarab yozilgan. Keyinchalik moniylik dinining ta’qiqlanishi (XIII asr) va bu din tarafdorlarining ta’qib qilinishi bilan ayni yozuv ham o`z-o`zidan qo`llanishdan chiqib ketgan. AVESTO yozuvi – zardushtiylarning muqaddas kitobi hisoblangan Avestoning saqlanib qolgan qismlari orqali bizgacha yetib kelgan harf – tovush yozuvi9. Sosoniylar davrida Avesto matnining tarkibiga kiruvchi madhiyalar, qo’sh iqlar va duolarning tili o’lik tilga aylangan edi. Bu til faqat diniy marosimlarni o’tkazishdagina saqlangan bo’lib, ko’pchilikka tushunarsiz edi. O’lik tildagi matnlarning an’anaviy talaffuzini to’liq saqlash, bu matnlarni avlodlarga mukammal yozma shaklda yetkazish maqsadida zardushtiy kohinlar eramizning uchinchi asrida pahlaviy yozuviga asoslangan holda maxsus avesto yozuvini ishlab chiqdilar. Pahlaviy yozuviga qo’shimcha ravishda, grek yozuvi namunasiga ergashib, cho’ziq va qisqa unlilar ifodasi uchun yangi belgilar kiritildi. Undosh tovushlar talaffuzidagi ayrim ottenkalarni ifodalovchi qo’shimcha belgilar qabul qilindi. Shu tariqa unli harflar (15 ga yaqin) va undosh harflar (35 ga yaqin) soni ko’paydi. Avesto alfaviti hammasi bo’lib 48 harfdan tashkil topib, muqaddas Avesto matnining an’anaviy talaffuzini aniq va to’liq aks ettira olgan. Qo’shimcha ravishda bu yozuvda 3 ta ligature ham qo’llangan. Avesto yozuvi tashqi formasiga ko’ra oromiy yozuvini va ichki xusuiyatiga ko’ra grek yozuvini o’zida birlashtirdi. Avesto yozuvi pahlaviy yozuvi bilan bir paytda iste’molda bo’lavergan, ya’ni asosan pahlaviy yozuvi, diniy mavzu bilan bog’liq holatlarda albatta, avesto yozuvi amalda bo’lgan. VII asrga kelib, Eronning arablar tomonidan istilo qilinishi natijasida zardushtiylik o’rnini islom egallagach, arab yozuvi avesto yozuvini ham, pahlaviy yozuvini ham siqib chiqardi. 9 Rahmonov N. Bitiglar olamida.-Toshkent, O’zbekiston SSR „Fan“- 1990.-B.17 DEVANAGARI YOZUVI – eng mukammal bo’g’in yozuvlaridan biri bo’lib, Hindistonda keng tarqalgan. Bu yozuv XIII asrda dagari yozuvi (braxmi yozuvidan kelib chiqqan) asosida paydo bo’lgan. Devanagari ham undan oldingi ko’pchilik qadimgi hind yozuvlari kabi dastlab qadimgi Hindistonda din va dabiyot tili bo’lgan sanskritni ifodalash uchun xizmat qilgan. Keyinchalik u bir qator hozirgi hind tillari (hind, maratxi, nepali va b.q) ifodasi uchun ham qo’llana boshlagan. Hindistondagi turli xalqlar o’rtasida keng tarqalgan. Hozirgi kunda devanagari alfaviti Hindistonning umumdavlat yozuvi sifatida rasmiy ravishda tan olingan. Hind tilshunoslarining jiddiy urinishlari tufayli hind bo’g’in yozuvi tobora mukammallashib bordi, nutqni yana ham aniq ifodalash uchun qulaylashdi. Ammo bunga yozuvni murakkablashtirish, asosiy va yordamchi bo’g’in belgilari sonini ko’paytirish evaziga erishildi. Devanagari alfaviti 50 ta belgidan iborat, shundan 13 tasi so`z yoki bo’g’in boshidagi unlilar va diftonglarni ifodalash uchun xizmat qiladi. 33 tasi to’liq bo’g’inlarni ifodalovchi to’liq belgilar bo’lib, bu bo’g’inlar undosh+qisqa a dan iborat; 4 tasi esa yordamchi belgilardir, ya’ni “Visarga” belgisi – nafas chiqarishni ifodalaydi, “anusvara” belgisi – undoshni burun tovushi sifatida talaffuz qilish lozimligini ko’rsatadi, “Virama” belgisi – bo’g’in belgisi (sillabogramma) dagi qisqa a ni o’qimaslik, ya’ni faqat undoshnigina talaffuz qilish kerakligini ko’rsatadi. Devanagari yozuvida juda ko’plab ligaturalar ishlatiladi. Tarkibida ikki yoki undan ortiq undosh bo’lgan bo’g’inlarni ifodalash uchun bir necha bo’g’in belgilari va ligaturalardan foydalaniladi. Bunda ayni bo’g’in belgilari tepa tomonidan gorizontal chiziq (ligatura) yordamida birlashtirib qo’yiladi, bu gorizontal chiziq devanagari yozuvining yorqin grafik xususiyatidir. Devanagari yozuvidagi asosiy va ligaturali belgilarning umumiy soni 600 atrofida, bu belgilarning ko’pchiligi juda murakkab. Tilning fonetik strukturasini maksimal darajada aniq ifodalashga intilish hind yozuvini behad murakkablashtirib yuborgan. Bu albatta, devanagaru yozuvini o’zlashtirishni anchayin qiyinlashtiradi.Devanagari yozuvi chapdan o’ngga qarab yozilgan va hozirda ham xuddi shu yo’nalish saqlangan. LOTIN YOZUVI – G’arbiy grek va etrusk alfaviti asosida paydo bo’lgan harf –tovush yozuvi. Qadimgi lotin yozuvining shakllana boshlashi eramizdan oldingi VIII asrlarga to’g’ri keladi. Eng qadimgi lotin yozuvidagi yodgorliklar VI asrlarga oid bo’lib, bu davrdagi lotin alfaviti 21 harfdan iborat bo’lgan. Dastlabki lotin yozuvi lotin tilining tovush qurilishini to’liq aks ettira olmagan. Ammo keyinchalik Rim davlatining kengayishi va grek koloniyalari bilan aloqasining kuchayib borishi bilan lotin yozuviga g’arbiy grek yozuvining ta’siri kuchaygan, lotin yozuvi lotin tilining fonetik xususiyatlariga moslasha borgan. Ayrim harflar shaklini o’zgartirish yo’li bilan lotin tilining o’ziga xos tovushlarini ifodalashga harakat qilingan, shuningdek, yangi harflar yaratilgan. Eramizdan oldingi II-I asrlardan boshlab va butun antik davr mobaynida lotin alfaviti 23 harfdan iborat bo’lgan. Lotin yozuvi qadimgi Rimda, keyinchalik Rim bilan iqtisodiy va soyosiy jihatdan bo’g’liq bo’lgan territoriyalarda juda keng tarqalgan va boshqa juda ko’plab mahalliy alfavitlarni siqib chiqargan. Unli tovushlarning cho’ziq va qisqaligi lotin tilida juda katta fonematik ma’noga ega bo’lishiga qaramasdan eramizgacha bo’lgan II asrgacha yozuvda mutlaqo ifodalanmagan. Bu asrdan boshlab esa unlining cho’ziqligi tegishli harfni ikki marta yozish orqali ifodalangan; eramizgacha bo’lgan I asrning oxirlariga kelib unlining cho’ziqligi “apeks” deb atalgan maxsus satr usti belgisi bilan ifodalana boshlagan. Antik lotin yozuvida so’zlar ba’zan bir-birlaridan ajratilmay, ko’pincha esa nuqta bilan ajratilib yozilgan. So’zlar orasida ochiq joy qoldirish yo’li bilan ularni sistemali ajratish XV asrdan boshlab qat’iy turg’unlashgan. Shuningdek, antik davrda notiqlik san’atining keng taraqqiy etishi munosabati bilan bu davr yozuvida muayyan punktuatsion belgilar ham shakllana borgan. Lotin yozuvi grek yozuvidan o’zining alfavit tarkibiga ko’ra farq qiladi. Harflarning nomlanishi ham lotin yozuvida o’ziga xosdir, ya’ni unli tovushlarni ifodalagan harflar ana shu tovushning o’zi bilan ataladi, undoshlarni ifodalagan harflar esa tegishli undoshdan keyin yoki oldin unli qo’shib nomlanadi. Lotin alfaviti o’zining butun tarixida yozuv materiallari va qurollarining o’zgarib borishi bilan bog’liq ravishda xilma-xil shakliy ko’rinishlarga ega bo’ldi. Masalan, Rim imperiyasi gullagan davrda lotin yozuvining “Kapital xat” deb nomlangan ko’rinishi hukmronlik qilgan bo’lib, bu xatda hamma hrflar bir xil – katta bosh harflardan iborat bo’lgan. Lotin yozuvi tarixidagi eng muhim davr XV asrning oxiri hisoblanadi, bu davrda Florensiyada lotin yozuvining yangi shakliy turi – antikva (“qadimiyat”) paydo bo’ladi. Ana shu vaqtga kelib, lotin alfavitidagi harflarni bosh (mayuskul) va kichik (minuskul) harflarga ajratish qat’iy turg’unlashadi, bosh harflar gapning boshlanishini ifodalash uchun qo’llanadi. Hozirgi tillardagi lotin yozuvi ko’rinishi ana shu antikva xati asosida shakllangan. Dunyo tillarining juda ko’pchiligi lotin yozuvi asosida shakllangan yozuv sistemalardan foydalanadi.