www.arxiv.uz Reja: 1. Qirqbo`g`imlilarni o`ziga xos belgilari, ularning kelib chiqishi va tarqalishi. 2. Bo`limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari. 3. Ahamiyati. www.arxiv.uz 1. Bu bo`lim vakillari poyasining to`g`ri tartib bilan bo`g`im va bo`g`im oralig`iga bo`linishi bilan boshqa yuksak sporali o`simliklardan farq qiladi. Ularning bo`g`imlarida mayda barglar xalqasimon yoki mutovqasimon bo`lib, joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovqasimon joylashib, ular ham o`z navbatida bo`g`imlarga bo`lingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali bo`lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta`sir kiladi. Yana xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan voz kechgan. Ular faqat spora hosil kilish bilan chegaralanadi, bu jixatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. Shuning uchun xam bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo`lim turlari Poleozoy erasining Toshko`mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan. Ularni daraxt, buta shakildagilari yuqolib ketib, bizning davrimizgacha etib kelgan emas, faqat keyinroq paydo bulgan, ko`p yillik o`to`simliklargina bizgacha etib kelgan. QYrqbo`gimlilarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma`lum. Ular dunyoning Avstraliya va Yangi Zellandiya orollaridan tashqari barcha erlarda uchraydi. O'rta Osiyoda 6 turi uchraydi. QYrqbug`imlilar kelib chiqishiga kura Riniofitlarga borib taqaladi. Chunki ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (Mikrofilliya). evalyutsion nuqtai nazardan bu bo`lim ham tupik hisoblanadi. 2. Bu bo`lim 3 sinfga bo`linadi: 1. Gieniyasimonlar sinfi - Hyeniopsida 2. Ponabargsimonlar sinfi Sphenophylopsida; 3. QYrqbug`im simonlar sinfi – Egvisetopsida; 1.Gieniyasimonlar sinfi. Bu sinf vakillari to`lig`icha yuqolib ketgan, devon davrida yashagan, bo`yi 70-90 smga etadigan buta o`simlaklar bo`lgan. Sinf ikkita oilaga bo`linadi: 1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae 2. Kalomofitondoshlar – Calamophytaceae Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu o`simlikning shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali dixotomik www.arxiv.uz shoxlangan. Yuqori shoxdagi barglari xalqasimon, pastdagilari esa ketma-ket joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular egilgan holatda bo`ladi. 2. Kalomofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu o`simlik ham Gieniyaga o`xshash, undan farqi, tanasi aniq bo`g`imlarga bo`linmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi. Sporangiyalari faqat ikkitadan bo`lib joylashgan. 2.Panabargsimonlar sinfi. Bu sinf o`simliklari ham Poleozoy erasining Devon davridan to Mezoydoy erasining trias davrigacha yashagan, hozirda qirilib yo`qolib ketgan o`simliklardir. Ponabarglilar sinfining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae). Uning muhim turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi. Bu o`simlikni poyasi uzun, ingichka (nozik), bo`g`im va bo`g`im oraliklarga bo`lingan. Bo`g`imlarida ponasimon barglar xalkasimon bo`lib joylashgan. Poyasi ingichka bo`lganligidan boshqa daraxt o`simliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy xalqasi mavjud. Shuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida ko`paygan. Sporalari spora hosil qiluvchi boshoqchalarda vujudga kelgan. 3. QYrqbo`g`imsimonlar sinfi. Bu sinf vakillari poyasining rosmana bo`g`im va bo`g`im oraliqlariga bo`linganligi bilan xarakterlanadi. Bu sinf ikkita qabilaga bo`linadi. 1. Kalamitnamolar qabilasi – Calamitalis 2. QYrqbo`g`imnamolar qabilasi - Eqvisetales 1. Kalamitnamolar qabilasiga mansub o`simliklar hozirgi davrida yo`qolib ketgan, Poleozoy erasining Devon, toshko`mir davrlarida yashagan o`simliklar hisoblanadi. Bularning bo`yi 30-40 metrga etadigan daraxtlar bo`lgan. Shoxlari yirik va mayda bo`lib, mayda shoxlarida, barglar xalqasimon bo`lib joylashgan. Poyasida kambiy ma`lum darajada rivojlangan. 2. QYrqbo`g`imnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan ko`p yillik o`t o`simliklar kiradi. Bu qabila bitta oila- qirqbo`g`imdoshlar (Eqvisetaceae), bitta turkum qirqbo`g`im (Eqvisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Ulardan www.arxiv.uz keng tarqalgani dala qirqbo`g`imi (Eqvisetum arvense). Bu o`simlik bizning sharoitimizda cho`l mintaqasidan to tog`gacha bo`lgan erlarda, buloq, ariq, ko`l va daryo bo`ylarida o`sadi. Bo`yi 20-35 (100 sm). Dala qirqbo`g`imi 2 xil novda hosil qiladi. Bahorgi (generativ) novda– qo`ng`ir rangda va yozgi–o`suvchi (vegetativ) novda–yashil rangda bo`ladi. Bahorgi novdadagi barglar reduktsiyaga uchragan. Novdaning uchki qismida spora hosil qiluvchi boshoqlar hosil bo`ladi. Boshoqlar sporangiyaforlardan tashkil topgan. Sporangiyaforlar 3 qismdan iborat: a) olti qirrali qalqon, b) oyoqcha, v) 8-10ta sporangiylar. Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo`lgan elaterali sporalar hosil bo`ladi. Sporalar 3 qavatdan tuzilgan: a) ichki (itina), b) o`rta (ekzina), v) tashqi (perina). Sporalar etilib tashqariga sochilishdan oldin, tashqi perina qavatdan qoshiksimon ipcha-o`simta (elatera) o`sib chiqadi. Uning vazifasi sporalarni sochilib turushiga yordam beradi. Sporasi tashqi morfologiyasi bo`yicha bir xil bo`lsa ham, ichki fiziologiyasi va bioximiyoviy tarkibi jihatdan har-xil. Shu sababdan yangi rivojlangan gametofit ayrim jinsli bo`ladi. 3. Ahamiyati: Dala qirqbo`g`imi dorivor o`simlik sifatida xalq tabobatida ko`p ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin, saponin, nikot alkaloidlar, kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida qirqbo`g`im damlamasi qon to`xtatuvchi, dori sifatida, o`pka sili, buyrak, yurak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashkari er ustki qismi idishlarni tozalashda ham ishlatiladi. Chunki uning poyasi har-xil zarracha va qumlarni o`ziga singdirib olishi hususiyatiga ega. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1. Salobiddinov S. S. Gulli o`simliklar sistematikasi. T. «O`qituvchi» 1966 2. Hamdamov I va boshqalar. Botanika asoslari. T. «Mehnat». 1990 3. Xrjanovskiy V. Ch. Kurs obshey. Botanika. M. Vo`sshaya shkola. 1982 4. Kursanov L. I. va boshqalar. Botanika (O`simliklar sistematikasi). Toshkent. «O`rta va Oliy maktab» 1963 5. Mustafoev S. M. Botanika. Toshkent. «O`zbekiston» 2002 6. Maxmedov A., Tog`aev I. U. Yuksak o`simliklar bo`yicha amaliy mashg`ulotlar. Toshkent «Universitet». 1994y 7. Maxmedov A. M. Botanika fanidan ma`ruzalar. F. 2003 8. Shostakovskiy S. A. Sistematika vo`sshix rasteniy. M. Vo`sshaya shkola. 1971 9. Komarnitskiy V. A. va boshqalar. Botanika. Moskva «Prosvehenie» 1977. t. 2 10.Tog`aev I. U. va boshqalar. Botanikadan amaliy mashg`ulotlar. T. «ToshDAU» 2002 11.Gordeeva T. N. i dr. Prakticheskiy kurs sistematiki rasteniy. Moskva «Prosvehenie» 1986 12.www.ziyonet.uz