Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 2-kurs Malay-ingliz guruhi talabasi Rahmonaliyeva Husnoraning O’zbekistonni rivojlanish strategyasi. Fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan 2020-YIL Tekshirdi: Saydalieva N.Z Mavzu: Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etilishi (Xorij tajribasi va O’zbekiston amaliyoti) Reja: 1. Xalq bilan muloqotning yangi mexanizmi 2. Xalq bilan muloqotning ahamiyati 3. O‘zbekistonda xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga Xalq bilan muloqotning yangi mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari sayyor qabullar tashkil etayotgani muammolarni joyida hal etishga xizmat qilmoqda. Shunday sayyor qabullar Toshkent viloyatida ham bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 8-aprel kuni Zangiota tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ochiq muloqotda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga asos solingani, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilga qat’iy amal qilinayotgani, bu o‘z navbatida, hayotimizda adolat tamoyillari yanada mustahkam qaror topishi, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari, davlat qo‘mitalari rahbarlari, Toshkent viloyati, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari hokimliklari mas’ul xodimlari fuqarolar murojaatlarini bevosita muhokama qildi. – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2017-yilni yurtimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilar ekan, bu borada istiqboldagi vazifalar nimalardan iborat ekanini belgilab berdi, – deydi Toshkent viloyati hokimi Sh.Boboyev. –Davlatimiz rahbari tantanali marosimda “Davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizm va samarali usullarini joriy etishimiz darkor”, deb alohida uqtirdi. Bugun xalqimiz bu ezgu g‘oya va tashabbuslarning amaliy natijalarini o‘z hayoti misolida ko‘rib, his qilib turibdi. Prezidentimiz viloyatlarga safari davomida xonadonlarda bo‘lib, odamlarning dardu tashvishlarini tinglab, mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bermoqda. Deputatlar, senatorlar, davlat organlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ham joylarga chiqib, mavjud kamchiliklardan kelib chiqib, o‘z faoliyatini tahliliy-tanqidiy ko‘rib chiqmoqda. Bu jarayonda biz ham faol bo‘lib, o‘z ishimizga yanada mas’uliyat bilan yondashishga, xalqning ichiga kirib borishga, muammolarni joyida o‘rganishga harakat qilmoqdamiz. Mazkur sayyor qabullar davlat idoralari rahbarlarining xalq bilan yanada yaqin bo‘lishiga, muammolarga joyida yechim topishga yordam bermoqda. Sayyor qabulda tegishli sohalar doirasidagi muhokamalar uchun alohida xonalar ajratilgani muloqotlarni yanada samarali tashkil qilish imkonini berayotir, masalaning joyida hal qilinishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 7-aprel kuniga qadar Prezidentimizning Virtual qabulxonasiga Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari aholisidan 20 ming 700 dan ortiq murojaat tushgan. Murojaatlarning qiriyb 15 mingtasi Zangiota tumani aholisidan bo‘lib, bugungi kunda ularning 94 foizi ko‘rib chiqilgan, qolganlari ijroda. Yangiyo‘l tumani aholisidan kelib tushgan 5 ming 700 dan ortiq murojaatning 5 ming 194 tasi ko‘rib chiqilgan, 574 murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida. Murojaatlar asosan uy-joy, bank-moliya, moddiy yordam, ish haqi va pensiya, fuqarolik, pasport va propiska, sudlarda ishlar ko‘rilishi, obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi, mehnat va bandlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, issiqlik va elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti kabi yo‘nalishlar bilan bog‘liq. – Tumanimiz aholisidan kelib tushayotgan murojaatlarning tizimli, doimiy tahliliga tayanib mahallalar, chekka qishloqlarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqdamiz. Xonadonlarga kirib, odamlarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganmoqdamiz, – deydi Yangiyo‘l tumani hokimi S.Abdullayev. – Murojaatlar bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatadiki, joriy yilning yanvar oyida Prezidentimizning Virtual qabulxonasiga tumanimiz aholisidan turli yo‘nalishlarda 317 murojaat tushgan. Mart oyiga kelib bu raqam 201 taga qisqargan. Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga murojaatlar orasida tuman hokimligining o‘zida hal qilinishi mumkin bo‘lganlari salmog‘i kam emas. Bu biz, tuman hokimlarini o‘z ishimizga tanqidiy qarab, shaxsiy mas’luliyat va javobgarlikni oshirish, odamlarga yanada yaqin bo‘lishimiz kerakligini anglatadi. Qizg‘in muloqotlarda davlat idoralari rahbarlari va fuqarolar o‘rtasida hadik, ishonchsizlik ko‘rinishidagi chegarani his qilmaysiz. – Zangiota tumani Harakat mahallasidagi 6-umumta’lim maktabida 2 farzandim ta’lim oladi, – deydi Hasan Isoxo‘jayev. – Muassasadagi sharoitlardan ko‘nglimiz to‘q. Lekin joriy o‘quv yilida 6-sinfda o‘qiyotgan o‘g‘lim maktab ma’muriyati tomonidan darsliklar bilan yetarlicha ta’minlanmadi. Bu muammo bilan Prezidentimizning Virtual qabulxonasiga murojaat qilishdan oldin maktab direktoriga iltimos qildim, kitob do‘konlaridan darsliklarni qidirdim: ular sotuvda bo‘lmas ekan. Xullas, topa olmadim. Kuni kecha uyimizga 20 dan ortiq darslikni yetkazib berishdi. Bugun men bu yerga Prezidentimizdan minnatdor ekanimizni aytish uchun keldim. Yangiyo‘llik Guljahon Begmanova “Chortoq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi nomidan qilgan murojaatida hudud patronaj xizmati faoliyatidan ko‘ngli to‘lmayotgani, eng yaqin tibbiy maskan ham mahallaga ancha uzoqligini inobatga olib, yangi qishloq vrachlik punktiga ehtiyoj bo‘layotganini ta’kidlagan. – Murojaatimiz e’tiborsiz qoldirilmay ko‘rib chiqilganidan xursandmiz, – deydi G.Begmanova. – Bu masala bo‘yicha mahallaga va tuman hokimligiga murojaat qilib, ijobiy javob ololmagan edik. Murojaatimiz bo‘yicha tegishli komissiya tuzilib, o‘z ishini boshlashi, bugunoq mahallamiz aholisi soni, joylashuvini o‘rganish uchun vakillar borishini aytishdi. Muammoning bu qadar tez hal bo‘lishi qancha-qancha odamlarning mushkulini oson qiladi. Buning uchun shunday ochiq tizim joriy qilgan davlatimiz rahbaridan minnatdormiz. Shunday sayyor qabul 9-aprel kuni Quyi Chirchiq tumani hokimligida Oqqo‘rg‘on, Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari aholisi uchun ham tashkil etildi. Joriy yilning 7-aprel kuniga qadar Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga Oqqo‘rg‘on, Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari aholisidan 5 ming 800 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Chinoz tumani aholisidan tushgan 2 mingdan ortiq murojaatning 1 ming 800 dan ortig‘i ko‘rib chiqilgan. Qolgan 9,4 foiz murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida. Prezidentimizning Virtual qabulxonasiga Oqqo‘rg‘on tumani aholisidan 1 ming 900 dan ortiq, Quyi Chirchiq tumani aholisidan 1 ming 800 dan ziyod turli masalalarda murojaatlar bo‘lgan. Bugungi kunda bu murojaatlarning 90 foizdan ortig‘i ko‘rib chiqilgan. – Yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi. Bunda ko‘p hollarda quyi bo‘g‘indagi davlat idoralari rahbarlari – o‘zimiz mas’uliyatni susaytirganimiz ko‘rinib qolmoqda, – deydi Oqqo‘rg‘on tumani hokimi O.Ollaberganov. – Tumanimiz aholisi ko‘proq uy-joy, ish haqi va pensiya, mehnat va bandlik, issiqlik, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, fuqarolik, pasport va propiska, sud, bank-moliya, obodonlashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ichimlik suvi, transport va yo‘lovchi tashish hamda boshqa masalalar bilan murojaat qilgan. Har bir murojaatning zamirida inson manfaati, uning haq-huquqlari yotganini inobatga olib, xalqni tinglash, odamlarning dardu tashvishini bilish uchun har bir xonadonga kirib boris h zarurligini tushunib yetmoqdamiz. – 2015-yilda Quyi Chirchiq tumanidagi “Surum” massivida qurilgan namunaviy loyihadagi uy-joylardan biriga shartnomada belgilangan tartibda to‘lov qilganmiz, – deydi oqqo‘rg‘onlik Rohatoy Anorqulova. – Lekin uyning qurilishi to‘liq yakunlanmay, ichki eshik-romlar o‘rnatilmay qolib ketgan edi. Bugungi sayyor qabulda bu masalani atroflicha, tezkorlik bilan o‘rganib, muammoning yechimi bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Bizni qiynayotgan ushbu muammo tezda hal bo‘lganidan butun oilamiz xursand. Murojaat qiluvchilar orasida mamlakatimizda turli soha va yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif bildirish istagidagi yurtdoshlarimiz ham talaygina. Ulardan biri Oqqo‘rg‘on tumani “Kaliyas” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Xalil ota Qarshiboyev. Ko‘p yillar boks bo‘yicha murabbiylik qilgan bu inson mahallalarda 45 yoshdan yuqori bo‘lgan insonlar o‘rtasida sportni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan o‘z loyihasini mamlakat miqyosida o‘tkazish bo‘yicha taklif bildirgan. – O‘tgan yili mahalla faollari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tashabbuskor insonlar ko‘magida bu loyihani tumanimizdagi bir necha mahallada amalga oshirdik, – deydi X.Qarshiboyev. – Natija yomon bo‘lmadi. Ma’lum yoshdagilarga mo‘ljallangan sport o‘yinlari, salomatlik aksiyalari odamlar sog‘ligini yanada mustahkamlash, ularning kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qildi. Loyihaning maqsad va vazifalari bo‘yicha tegishli vazirliklar rahbarlari bilan yuzma-yuz fikrlashdik. Ular bu boradagi ishlarni ko‘rib chiqib, o‘z xulosalarini berishini aytishdi. Quyichirchiqlik Hilola Saidnazarova “Gul” qishloq fuqarolar yig‘ini aholisi nomidan murojaat qilib, “Gul”, “O‘jakent”, “Yulduz” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi hududda maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligidan qiynalayotganini ta’kidlab o‘tdi. – Aholi bir necha yillardan buyon shu masala bilan tuman hokimligi va boshqa mutasaddi idoralarga iltimos qiladi, – deydi “Gul” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Nargiza Salohiddinova. – Hududda 7 ming 500 dan ziyod aholi yashaydi, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qariyb 900 nafar. 350 ga yaqin bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirishga ehtiyoj bor. Bu boradagi taklifimizni o‘rganib chiqish uchun tegishli davlat idoralariga topshiriqlar berildi. Masala ijobiy hal bo‘lishiga ishonamiz. Sayyor qabulda qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish hamda vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari o‘zlariga tegishli har bir masala yechimi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmoqda. Xalq bilan muloqotning noyob va samarali usuli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini belgilovchi muhim hujjat bo‘ldi. Mamlakatimizda tarixan juda qisqa vaqt – 25-yilda mazmunan asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Milliy davlatchilik va suverenitetimizning huquqiy asoslari yaratildi va mustahkamlandi. Chegaralarimiz xavfsizligi ta’minlandi. Bu jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga, bugun shiddatkor davr davlat va jamiyat tizimini yanada takomillashtirish, barcha rahbarlarning mas’uliyatini oshirish, hokimiyat organlari bilan xalqning yaqinligini ta’minlashni taqozo etmoqda. Binobarin, jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobatning tobora kuchayib borayotgani ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish zaruratini keltirib chiqardi. Shu bilan birga, bugun shiddatkor davr davlat va jamiyat tizimini yanada takomillashtirish, barcha rahbarlarning mas’uliyatini oshirish, hokimiyat organlari bilan xalqning yaqinligini ta’minlashni taqozo etmoqda. Binobarin, jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobatning tobora kuchayib borayotgani ijtimoiy-iqtisodiy hayotni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish zaruratini keltirib chiqardi. Huquq va erkinliklarimiz kafolati bo‘lgan Bosh qomusimizning 1-moddasida “Davlatning manbai xalq” deyilgan. Unda inson sha’ni, qadr-qimmati – eng oliy qadriyat, inson omili bosh masala ekani qonun yo‘li bilan kafolatlangan. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishning har biri bo‘yicha belgilangan vazifalar, chora-tadbirlarda ham bu yaqqol o‘z ifodasini topgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joylarda ish boshlagan Xalq qabulxonalari inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlashning tayanch nuqtasi, hokimiyat organlari va xalq o‘rtasida ishonch ko‘prigi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu maskanlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqaradigan, ularning manfaatlarini ustuvor etadigan izchil mexanizmga asos soldi. Unda murojaat bilan keluvchilar uchun yaratilgan qulayliklar – ishchanlik muhiti, murojaat qiluvchilarga bo‘lgan munosabat ham butunlay o‘zgacha, to‘la-to‘kis qonun talablari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Xalq qabulxonasida murojaat bilan kelgan kishi o‘zini faol mavqeda his qiladi. Arzini emin-erkin bayon etadi. Bu shunchaki muloqotdan iborat bo‘lib qolmaydi, balki uning murojaati rasman ro‘yxatga olinadi. So‘roviga javob beriladigan muddatlar haqida ma’lumot taqdim etiladi. Har bir murojaat, ularni tahlil etish, xolisona o‘rganish va yechim topish ishlari ustidan qat’iy monitoring, nazorat olib boriladi. Xalq qabulxonalari jamiyatni demokratik yangilash, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida, inson manfaatlariga qaratilgan eng ustuvor vazifalarni belgilash va ularning ijrosini nazorat qilib borishning muhim mexanizmidir. Qonun oldida barchaning barobarligi, o‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridir. Shu o‘rinda shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini to‘la namoyon etishi uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan qulay muhit, shart-sharoit fuqarolarimiz zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklashini ta’kidlash lozim. Binobarin, har bir huquq va erkinlik zamirida shaxsning zimmasidagi burch va majburiyat ham mavjud. Xalq qabulxonalari yoki elektron hukumat portaliga qilinadigan murojaatlar asosli va haqqoniy bo‘lishi shart. Murojaatlar shaxsiy g‘araz va ziddiyatlardan xoli, birovga atay ozor yetkazish niyatida bo‘lmasligi darkor. Zero, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan bu dastur har bir fuqaroning manfaatini himoya qilish, uning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish orqali, pirovardida Vatan ravnaqi va xalq farovonligiga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zimizni, o‘zligimizni namoyon etish uchun muhit yaratildi, jarayon boshlandi. Barchamiz hamjihat bo‘lib harakat qilmog‘imiz lozim. Bir-birini qo‘llash, birdamlik, iqtisodiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik singari tamoyillar bizga kuch va ishonch beruvchi omillar bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga Inson hayotga bir marta keladi, baxtli yashashni istaydi va uning bunga to‘la haqqi bor. Xalqimizning huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaridan ko‘zlangan maqsad-muddao ham aslida shu: bugungi kunimiz kechagidan, ertamiz bugungi kunimizdan ko‘ra baxtli va farovon bo‘lishiga erishish. Ana shunday ulug‘ va xayrli maqsadlarimizning ro‘yobga chiqishi ko‘p omil va mezonlarga bog‘liq. Ammo ularning ichida hayotimizda adolatni qaror toptirish eng zaruriy shart hisoblanadi. Zotan, ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi. Mustaqillik yillarida erkin ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar shakllandi. OAVning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Diqqatga sazovor muhim tomoni shundaki, erkin OAVni rivojlantirmay turib, fuqarolik jamiyati qurish va inson erkinligi, huquqlarini ta’minlash mumkin emasligini jamoatchilik anglab etdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash masalasi alohida o‘rin egallashini nazarda tutib Birinchi Prezidentimiz I.Karimov shunday deydi: «Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi».175 Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi axborot sohasini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashda ham yangi bosqichni boshlab berdi. O‘tgan yillar davomida ushbu sohada keng qamrovli islohotlar, ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada axborot vositalari faoliyatiga oid mukammal huquqiy baza yaratilganligini va u insonlar uchun axborot olish sohasida erkinlik va huquqlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynayotganligini alohida qayd etish zarur. Avvalo, mamlakatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan ommaviy axborot vositalari erkinligi va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishi176har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligiga, hamda o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega177ekanligi haqidagi me’yorlarni izchillik bilan va to‘laligicha ta’minlanishi asosida amalga oshirilishini qayd etish zarur. SHu ma’noda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to‘xtalib: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi... ularning faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan zarur me’yoriy-xuquqiy baza, iqtisodiy va huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan bo‘ldi”,178 deb ta’kidlagani bejiz emas. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning tahlili bu sohaga oid huquqiy bazani takomillashtirish izchil va tizimli tarzda amalga oshirib borilganligini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yillarda mamlakatimizda yaratilgan huquqiy makon va ijtimoiyiqtisodiy islohotlar natijasida bosma nashrlar soni ko‘paydi, xususiy gazeta va telestudiyalar tizimi yuzaga keldi. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganlik, uning so`rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o`tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. Jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish mumkin emas. Jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi. O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo`yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida»gi Qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi. Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo`lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo`li bilan ta'minlanadi2[17]. Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. Davlat organlarining, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor. Strategik maqsadlarimiz aniq va ravshan – demokratik, insonparvar davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, pirovardida, xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish. Bunday yuksak marralarga xalq bilan muloqot qilib, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkin. Konstitutsiyamizning 2-moddasida qayd etilganidek, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Ushbu qomusiy tamoyillar Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida mukammal ravishda ro‘yobga chiqarilmoqda. Bu borada mamlakatimiz adliya idoralari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? O‘zA muxbirining O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan suhbati shu haqda bo‘ldi. – Bosh qomusimizda birinchi o‘rinda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari va undan keyin davlat organlari va ularning huquq va majburiyatlari o‘z aksini topgan, – deydi R.Davletov. – Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilishi davlat organlarining xalqimiz oldida mas’ulligidan dalolat beradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatida ham aynan shu ma’no mujassamlangan. Davlatimiz rahbarining har bir harakati, fikr va mulohazalari, ayniqsa “xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan so‘zlari, Konstitutsiyamizning 2-moddasidagi qoidaning yorqin amaliy ifodasidir. Harakatlar strategiyasi asosida qabul qilinib, amalga oshirilayotgan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi orqali mazkur konstitutsiyaviy normalar o‘zining yangi sifat va samara bosqichiga ko‘tarilganini bugungi kunda butun dunyo tan olyapti. Xalq bilan muloqotning yangi konsepsiyasi e’lon qilinishi, Prezidentimizning Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari tashkil etilishi, uni boshqarish uchun yaxlit vertikal tizimning joriy etilishi, shuningdek, fuqarolarining dunyoqarashini butunlay o‘zgartirgan muvaffaqiyatli faoliyati, bularning barchasi shunday katta ahamiyatga ega bo‘ldiki, ko‘plab olimlar va ekpertlar mazkur yangi fenomen sohadagi nazariy asoslarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilayotganini ta’kidlamoqda. Mamlakatimizda so‘nggi bir yilda olib borilgan samimiy va ochiq muloqot, ommaviy axborot vositalarining faollashishi, informatsion sohaning shiddatli rivoji jamiyatni batamom o‘zgartirdi. Bu odamlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki, fuqarolik faolligining oshganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Adliya organlari o‘z navbatida davlat institutining bir bo‘lagi sifatida yuklangan vazifalarni bajarishda konstitutsiyaviy tamoyillarga tayangan holda fuqarolarning talabi, kelajakda kutayotgan umidlari va istaklaridan kelib chiqib o‘zining sa’y-harakatlarini inson manfaatlarini to‘la ta’minlashga yo‘naltirmoqda. Adliya vazirligi tizimida inson huquqlarini himoya qilish izchil yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 9 oyi mobaynida adliya idoralariga bu yo‘nalishda 3,2 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxs murojaat qildi. Ularning aksariyati qanoatlantirilib, mingga yaqin shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. Fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 440 da’vo arizasi hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 180 ma’muriy va 11 jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi. O‘tkazilgan monitoring va nazorat tadbirlari davomida tegishli idoralarga kiritilgan taqdimnoma va ogohnomalar natijasida 46 noqonuniy hujjat ijrosi to‘xtatildi va bekor qilindi. 527 mansabdor shaxs tegishli intizomiy jazoga tortildi. Shulardan 84 nafari egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bunda asosiy e’tibor fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklashgina emas, balki ularning huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilmoqda. Xalq bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar hamda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, amaldagi qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda. Fuqarolarning hayotiy muammolarini, ya’ni yaqin qarindoshlari yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etish holatlarining oldini olish maqsadida Mehnat kodeksining 78-moddasiga shaxsni ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishni taqiqlovchi norma belgilash bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu esa, vatanparvar, tashabbuskor, bilimli, intiluvchan fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi. – Aholining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limlari, notariat va advokaturaga kundalik turmushda ko‘proq ishi tushadi. Bu tizimlarda odamlarga qulaylik yaratish, manfaatlarini ta’minlash qay darajada? – Mazkur yo‘nalishlar adliya organlarining bevosita fuqarolarga xizmat ko‘rsatadigan sohalaridir. Hozirda ulardagi xizmat ko‘rsatish sifati va holati, albatta, bizni ham, xalqimizni ham qoniqtirmaydi. Shuning uchun bu sohalarni yanada takomillashtirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Fuqarolarimiz ushbu idoralarga borganida navbat kutib qolmasligi, ularga tez va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbariyati tomonidan qat’iy vazifalar qo‘yilgan.