Загрузил Qobiljon Rashidov

Amaliyot hisoboti

реклама
AMALIYOT HISOBOTI
(10.02.2020y-14.03.2020y)
MA’SUL O`QITUVCHI :
2020y
HISOBOT MAZMUNI :
I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
II. Bajarilgan ishlar
2.1. O`quv ishlari.
2.2. Ma’naviy - marifiy ishlar.
III. Xulosa va takliflar
I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
Maktab binosi ma‘muriy xonalardan tashqari 46 ta
xonali. Bino 3 ta korpus va sport zalidan tashkil topgan.
Maktabning barcha pedagog xodimlari o`quvchilarga
ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda.
Maktab xonalari hali ham qo`shimcha asbob-uskunalar bilan
jihozlanmoqda.
Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha
o‘quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o‘rinlarni olib
kelishgan.
10.02.2020-yil kuni ilk bor makrabga tashrif buyurdim.
Pedagogik amaliyotim davomida nafaqat o`quv, balki,
ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o`rganib chiqdim.
II. Bajarilgan ishlar
2.1. O`quv ishlari:
- ta’lim muassasasiga kelishim bilan mutaxassislik
(geografiya) fani o`qituvchisi. Iloji boricha dars jarayonining
1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka
harakat qildim. Universitetda o`qituvchilarimiz bergan
bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o`zim uchun
kerakli xulosalarni oldim.
- Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun
alohida ish reja tuzib oldim.
- Pedagogik amaliyot davrida yordamlari katta bo`di. Ish reja
tuzish tartibini o`rgatdi (10.02.2020y ga qadar qaysi mavzular
o`tilganligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular
o`tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, III-chorak oxiri
o`quvchilarning ta’tilga chiqishlarini inobatga olish kerakligi
hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida
tasdiqlangan kunlarning kalendar rejasini taqdim etdi).
Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni
darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash
joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni
mustahkamlab olishimga yordam berdi.
Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni
o`rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usiliga e’tibor berish
lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirdi. Sababi dars
usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi
mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini
oldindan bilib olish mumkin ekan.
- Shoyuldashev Shoulqosim aka aynan shu sinflarga dars
o`tishingiz mumkin yoki o`ta olasiz deb sinf ajratib bermadi.
Chunki, maktabda hamma sinf o`quvchilari soni kam va juda
tartibli. Ba’zan sinfni o`zimga topshirib ketdi.
Dars
o`tmoqchi bo`lgan mavzularim uchun o`zim dars ishlanmasi
yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o`tdim.
Dars jarayonida bunday qo`shimcha ma’lumotlardan
foydalanish darsning sifatini yanada oshiradi. O`ylaymanki,
dars jarayonida qo`llab yaxshi natijalarga erishaman.
2.2. Ma’naviy - marifiy ishlar :
III.Xulosa va takliflar.
Xulosa
Pedagogik amaliyot haqida xulosam shuki, o‘gangna bilim
va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi
bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida
harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 4 yil o‘qishning o‘zi
kamlik qiladi. Bo`lajak pedagog xodim uchun eng kerakli
narsa o`quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng
kerakli xislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda
psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni
mukammal bilishni taqazo etadi.
Mening fikrimcha, Oliy ta’limni bitirib maktab ostonasiga
ilk qadam qo`yayotgan o`qituvchi uchun ikki oylik pedagogik
amaliyot kamlik qilarkan.
Скачать
Учебные коллекции