Загрузил Zarina Ruzmatova

102 Bayonnoma 4

реклама
TIQXMMI HUZURIDAGI BESHKENT QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKUMI
5.61.07.01-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-
texnologi yo’nalishi bo’yicha
1-bosqich 102- guruh yig’ilish
BAYONNOMASI №4
“29” 04. 2021 y.
Beshkent shahri
Иштирок этдилар:
talabalari
Guruh murabbiysi Ro’zmatova Z. guruh
талаbalari
33
nafar
KUN TARTIBI:
1. Fanlardan birinchi yarim yillik natijalari.
2. Karantin qoidalarini kuchaytirish to’g’risida
3. Texnikumda kiyinish madaniyati va odob-axloq qoidalariga rioya qilish
to’g’risida
4. O’bekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning o’quv dargohida mobil
telefonlaridan foydalanins qonun-qoidalari to’g’risidagi qarori haqida
ESHITILDI
1-.Masala yuzasidan 102-guruh murabbiysi Ro’zmatova Z so’zga chiqib
o’quvchilarni fanlardan 1-yarim yillik natijalari bilan tanishtirdi.U yakuniy
nazoratga jami 11 o’quvchi qatnasha olmagani va bulardan 5 nafari ikkinchi
vedomostda qayta topshirib yaxshi baholar olishganini, 6 nafari esa surunkali dars
qoldirib kelganligi hamda yakuniy nazoratga kirmaganligi bois ularning uyidagilari
ogohlantirilganligi va ular o’quvchilar safidan chiqarishga tayyorlanganligi haqida
ma’lumot berdi.Bularr:1.Usmonova Feruza
2 Norqulov Xasan
3.Quvvatov Dilmurod
4. Ziyodullayev Azim
5.Nazarov Maruf
6. Qalandarov Olim
Yakuniy nazoratni 1 nafar o’quvchi
Qulliyeva Salomat a’lo baholarga
topshirganligi,qolganlar 4-5 baholarda o’zlashtirganliklari haqida to’xtaldi.
2- masala yuzasidan 102-guruh murabbiysi Ro’zmatova Z so’zga chiqib
hozirgi vaqtda yana keng tarqalib ketayotgan karonavirus haqida to’xtaldi.U
o’quvchilarga kerakli maslahatlarni berdi.O’quvchilarda maska bo’lishi shartligi
,har doim antiseptiklar bilan yurishlari kerakligini ta’kidladi.
Bu borada o’quvchilardan Raxmatova Saodat ham so’zga chiqib o’z fikrlarini
bildirdi.U haqiqatan ham odam o’zining salomatligi uchun o’zi mas’ulligi, hozirgi
qiyin vaziyatda hamma aytilganlarga rioya qilinib kerakli choralar ko’rilishi
kerakligi maqsadga muvofiq dedi u o’z so’zida.
3-masala :yuzasidan guruh rahbarining fikrlari tinglandi. Ro’zmatova Z o’z
so’zida texnikumga formasiz kelgan o’quvchilarni qattiq tanqid qildi va ularni
tartibga chaqirdi.Yigitlar oq ko’ylak qora shimda bo’lishlari,soqollarini o’stirib
yurmasliklari,qizlar oq kofta va qora yubkada bo’lishlari shartligi haqida
to’xtaldi.Bu borada o’quvchilar fikri ham tinglandi.O’quvchilardan Temirova
Sadoqat formada kelmaganligi sababi o’rganilganda u bundan keyin bunaqa
holat takrorlanmasligi va bundan keyin har doim formada kelishga va’da berdi.
4-masala.Ushbu mavzu yuzasidan Ro’zmatova Z o’Quvchilarga qarorni
o’qib eshittirdi.Qarordagi har bir punktga bibttalab to’xtalib o’z fikrlarini bayon
etdi.U o’z so’zida haqiqatan ham o’quvchilar dars vaqtida o’ta zarurat bo’lmasa
telefondan foydalanmasliklari kerakligi,internet orqali har xil narsalarni tomosha
qilmasliklari,undan ko’ra hamma diqqat e’tiborlari darsda bo’lishi shartligi
xususida ham to’xtalib,o’quvchilardan shu mavzuni eshitganliklari va bunga rioya
qilmasalar texnikum qabul qiladigan qarorga rozi ekanliklari to’g’risidagi hujjatga
qo’l qo’ydirib oldi.
Qaror qilindi:
1.Guruh murabbiysi Ro’zmatova Z tomonidan berilgan axborotlar ma’lumot
sifatida qabul qilinsin.
2.O’quvchilar tomonidan maska taqib va antiseptic har doimo o’zlari bilan
birga bo’lishligiga erishilsin
3. O’quvchilarga Texnikumda kiyinish va odob-axloq madaniyatiga qat’iy
rioya qilish chegaralari aytib o’tilsin.
4.Mobil telefon haqidagi qaror ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Скачать