1-mavzu. Montaj listi (qog‘ozdagi film) va uning tayyorlanishi Reja: 1. Montaj listi ahamiyati. 2. Montaj jurnali bilan suratga olish maydonchasida ishlash. 3. Montaj listi orqali loyihani yi’g’ish. Tayanch sо‘z va iboralar: Montaj listi, qog‘ozdagi film, indeks, shartli belgilar, taymkod,USB hard, rejissyor assistenti, supervayzer. Tasavvur qiling, butun smena davomida bir necha o’nlab, ba’zida yuzlab kadrlar suratga olingan. Aktyorlar ijrosidagi ba’zi epizodlar bir nechta dublning o’zida tayyor bo’lgan bo’lsa, boshqa holatlarda dubllar soni nihoyatda ko’payib ketgan. Bundan tashqari ba’zi epizodlar kadrlarining davomi boshqa obyektlarda davom ettirilishi kerak. Tabiiyki, rejissyor kerakli dubllarni ajratib olishi, bir necha kunlik suratga olish materiallarini kompyuterga kiritganida kadrlar izchilligini hosil qilishi uchun har bir kadr yoki dubl haqidagi ma’lumotlar yozib boriladi. Kinematografiya taraqqiyoti davomida suratga olish jarayoni ma’lumotlari tizimli ravishda belgilab borilishi zarurati ma’lum bo’ldi va montaj listlari paydo bo’lgan. Montaj listlari va montaj jurnalini yuritish rejissyor assistenti, xlopushkachi yoki “skript supervayzer” (inglizcha “script supervisor” – yozuv nazoratchisi) vazifasi hisoblanib, u suratga olish davomida proyekt nomi, sana, operator va rejissyor ism-familiyasi, epizod (sahna), kadr, dubl tartib raqami, taymkod yoki lavhaning kamera xotirasiga yozilganida paydo bo’ladigan fayl nomi, ovoz yozish tartibi (sinxron/ovozsiz), aktyorlarning replikalari, voqea bayonini; ba’zida obyekt nomi, ob-havo, kamera linzasi, ovoz fayllari nomini yozib boradi. Yozuvlar qisqa, shartli belgilar asosida jadval ko’rinishida bo’ladi. Eski maktab vakillari montaj jurnalini katta daftarlarga ro’yhat qilib, zamonaviy suratga olish jamoalarida maxsus tayyorlangan jadvallarda yuritiladi. Montaj listi qanday bo’lmasin, unda tayanch ma’lumotlari bo’lishi lozim. Quyida eng soda montaj listini ko’rib chiqamiz: sarlavhada “18.03.2019-yil. Ibrat hovlisi. Eksteryer. Kun.” deb yozilib, suratga olish kuni va obyekti ko’rsatiladi. Pastroqda o’rtada rejissyor ssenariysida ko’rsatilgan epizod raqami yoziladi. EPIZOD #34. Pastda varaq ikkiga ajratiladi. Chap tarafda jadval asosida kadr va dubllar haqida ma’lumot ketadi: Umumiy plan. Kadr va dubllar tartibi Voqea izohi 1. S: (sinxron) 226-I (dubl tartibi Ibrat hovlisi darvozaxonasi. Sobira ko’pincha rim raqamida yoziladi.) Qo’qon aravada o’tirib, Ibrat berib C003A001 (raqamli kamerada yuborgan kitoblarni choyshab bilan taymkodning o’rniga, fayl nomining o’rayapti. Aravakash otning jilovidan o’zini ko’rsatish mumkin. Taymkod fayl ma’lumotida avtomatik tarzda ko’rsatiladi.) 2. S: 226-II C003A002 3. S: 226-III Brak (Rejissyorning dubl haqidagi izohlarini yozib qo’yish kerak, ba’zida muvaffaqiyatsiz dubl fayli xotiradan o’chirib tashlanadi.) C003A003 4. S: 226-IV C003A003 Saqlab qo’yish. 5. S: 226-V C003A004 tutib turibdi. Ichkaridan chiqqan Abbosxon tugunlarni aravaga ortib, singlisi Latifaxonni tepaga chiqarib qo’ydi. Akbar chiqib, aravakashga shivirlab yo’lni tushuntiryapti. Is’hoqxon Ibrat chiqib, duo qilib yuziga fotiha tortadi. Arava yurib, darvozaxonadan chiqib ketadi. Ibrat va Akbar uning ortidan qarab turadilar. IBRAT: Qani, end ishga. Qolgan kitoblarni tezroq yashirish kerak. Ibrat va Akbar hovliga kirib ketadilar. Film nomi, ijodkorlar va montaj jurnalini yuritayotgan assistent ism familiyasi kabi umumiy ma’lumotlar yoki montajga o’tirganda yodda tutish lozim bo’lgan boshqa ma’lumotlar varaq pastiga yoziladi. Prodakshn turi, yaratilayotgan mahsulotga qarab montaj listi ham ba’zi o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan ko’p kamerali murakkab suratga olish jarayonida supervayzer faqat montaj jurnali bilan bo’lib, xlopushka vazifasini boshqa odam bajaradi. Supervayzer har bir kamerada ko’ringan voqea, planlar yirikligi, rejissyorlar izohi, aktyor improvizatsiyasi, yutuqlari, xatolari uning muvaffaqiyatli kadrlari qaysi kameradan olinganidan tortib, yoritish uskunalaridagi filtrlargacha yozib boradi. Montaj listi filmning homaki (chernovoy) montajini yaratganda asosiy video fayllarni tez ajratib olish, montaj davomida voqealar (epizodlar) izchilligini o’rnatish, va kerakli kadrlar qachon, qanday fayl nomi bilan saqlangani, qaysi hard diskda turgani kabi ma’lumotlarni olish va jarayonni tezlashtirishi bilan muhimdir. Supervayzer montajchi, rejissyor bilan birga o’tirib shu jarayonni nazorat qilib boradi. Nazorat savollari: 1. Skript supervayzerning vazifalari nimadan iborat? 2. “Taymkod” deb nimaga aytiladi? 3. “Montaj listiga qanday ma’lumotlar kiritiladi? 4. Raskadrovka nima uchun chiziladi? 5. Montajning tasviriy tilini bilish nima uchun kerak? Adabiyotlar 1. Ken Dancyger. The Technique of Film and Video Editing: History, Theory, and Practice.2007, Elsevier Inc.ISBN 13:978-0-240-80765-2 2. Walter Murch. In the blink of an eye. 1995. ISBN -13 978-1879505230 3. Bordwell, David (2005). The Cinema of Einshtein. New York, NY: Routlenge. ISBN0-4159-7365-1 4. Sokolov A. G. Montaj kino i telefilmov M.2000 y. 5. Sh.T. Xusanov. Montaj. Toshkent. Lesson Press nashriyoti, 2017y. ISBN: 9789943-466-30-2